Yangiliklar
Yangiliklar
277
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talabalar o‘rtasida onlayn so‘rovnoma o‘tkazildi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi mutaxassislari ishtirokida talabalar o‘rtasida onlayn so‘rovnoma o‘tkazildi.Mazkur so‘rovnoma ta’lim jarayonining sifati, talabalarga yaratilgan o‘quv sharoitlari hamda ta’lim xizmatlaridan qoniqish darajasini aniqlash maqsadida tashkil etildi. So‘rovnoma onlayn formatda o‘tkazilib, unda universitet talabalari faol ishtirok etdi.So‘rovnoma natijalari ta’lim sifatini yanada oshirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq taklif hamda xulosalar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Eslatib o‘tamiz, so‘rovnomada hali ishtirok etmagan talabalar quyidagi havola orqali qatnashishlari mumkin: https://survey.hemis.uz/
Tadbirlar
243
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Yunusobod tumanidagi 288-maktabning bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun ekskursiya tashkil etildi
Mazkur tadbir Toshkent arxitektura-qurilish universiteti psixologi M. Obidova tashabbusi bilan o‘tkazilib, unda 288-maktab psixologlari — Voxidova Nigora Yakubjanovna hamda Karimova Munisa Mansurovna faol ishtirok etdilar.Ekskursiya jarayonida o‘quvchilar universitetning zamonaviy laboratoriyalari va o‘quv ustaxonalari bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar. Shuningdek, yoshlarga kelgusida to‘g‘ri kasb tanlash va oliy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Mazkur uchrashuv bitiruvchi o‘quvchilarning kasbiy yo‘nalishini aniqlash, ularning qiziqish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.
Yangiliklar
2234
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Yaponiyaning nufuzli tashkilot bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Yaponiyaning kanalizatsiya ishlari agentligi "Japan Sewage Works Agency, JS" nomli nufuzli tashkilot bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi. Hamkorlik doirasida ilmiy-tadqiqot ishlari, tajriba almashish, kadrlar tayyorlash hamda zamonaviy muhandislik va ekologik yechimlarni joriy etish ko‘zda tutilgan.Eslatib o'tamiz Yaponiya Kanalizatsiya Ishlari Agentligi (Japan Sewage Works Agency, JS) — Yaponiya davlatiga qarashli tashkilot bo‘lib, kanalizatsiya tizimlari va oqova suvlarni tozalash inshootlarini rejalashtirish, loyihalash, qurish, ekspluatatsiya qilish hamda modernizatsiya qilish sohasiga ixtisoslashgan. Ushbu memorandum barqaror infratuzilma va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
E'lonlar
287
Meliqulov G'ayrat Abdug'afforovichning arxitektura fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Meliqulov G'ayrat Abdug'afforovichning 18.00.01 - “Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va qayta tiklash” ixtisosligi bo‘yicha “Qashqadaryo yodgorliklarining kompozitsion-tipologik yechimlari va yangi turistik marshrutlarni rivojlantirish yo‘llari” mavzusidagi arxitektura fanlari doktori (DSc) DISSERTATSIYASIning himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2026.09.01.A.01.M raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarining 2026 yil 28 yanvar kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. Manzil: 100194, Toshkent shahri, Yunusobod tumani Yangishahar ko‘chasi, 9a uy.Seminarimiz Bosh bino 5-qavatidagi 502 auditoriyada boʻlib oʻtadi. Tel/faks: (93) 105-83-55e-mail: devon@taqu.uzOnlayn ko’rish uchun havola: https://us06web.zoom.us/j/86842037576?pwd
Yangiliklar
1605
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Students' Union of TUACE jamoasi prezidentligiga saylov boʻlib oʻtdi
Studentsʼ union prezidentligiga saylovda universitet rektori B.A.Tulaganov va universitet Yoshlar ittifoqi yetakchisi Sh.A.Mirzaxmedov hamda iqtidorli talabalar faol ishtirok etishdi. Nomzodlar yashirin ovoz berish yoʻli orqali aniqlandi.Saylov natijalariga koʻra:1.Abdugʻaniyev Xasan-21%2.Sobirov Ogʻabek-25% 3.Ismatova Muxarram-54% ovoz toʻpladilar. Oʻz nomzodini qoʻygan Ismatova Muxxaram 54% ovoz bilan Studentsʼ Union of TUACE jamoasi prezidenti etib saylandi.
E'lonlar
73
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Zakovat intellektual klubi qaynoq 2-mavsum uchun oʻz faoliyatini boshladi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Zakovat intellektual klubi qaynoq 2-mavsum uchun oʻz faoliyatini boshladi! Barcha talabalarni oʻyinga taklif qilamiz. 12ta turdan iborat boʻlgan Zakovat intellektual oʻyinining 1-turi 24-Yanvar Soat: 10:00da 4-bino, 5-qavatda boʻlib o'tadi. Boshlovchi: Mahmudjonov Muhammadjon Qatnashish istagidagi jamoalar ishtirokchilari soni minimum 3ta va maximum 6ta boʻlishi va o'yinlarga kechikmay kelishi talab etiladi. Bizni kuzatishda davom eting: Universitet zakovat klubi TAQU Yoshlar ittifoqi
E'lonlar
296
Finlandiya va Shvetsiyada xorijiy malaka oshirish kursi
Professor-o‘qituvchilar uchun Finlandiya va Shvetsiyada xorijiy malaka oshirish kursiO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF–27-son Farmoni hamda 2020-yil 6-noyabrdagi PQ–4884-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish, professor-o‘qituvchilar va rahbar kadrlarning xorijda malaka oshirishini tashkil etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.2024–2030-yillarda professor-o‘qituvchilarni xorijiy davlatlarga tajriba almashish uchun yuborish rejasi ishlab chiqilgan.Shuningdek, Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Xalqaro Nordik universiteti hamda Prime Education Finland (Finlandiya) ta’lim tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi asosida oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlari va professor-o‘qituvchilari uchun “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” mavzusida 1 oylik (144 soat) malaka oshirish kursi tashkil etiladi.📌 Kurs haqida ma’lumot: Muddat: 2026-yil fevral–mart Format: 16–28 fevral — 72 soat (BIMMda) 2–13 mart — 72 soat (Finlandiya va Shvetsiyada, TOP–500 OTMlarda) Ishtirokchilar: OTM rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilari Til talabi: talab etilmaydi (tarjimon jalb qilinadi) Xorijdagi malaka oshirish muddati: 14 kun 🎓 Tinglovchilarga beriladigan hujjatlar: Davlat namunasidagi malaka attestati Xorijiy malaka oshirganlik sertifikati Xorijiy universitetda dars o‘tgani haqida ma’lumotnoma 🗓 Hujjat topshirish muddati:2026-yil 26-yanvarga qadar📩 Hujjatlarni yuborish manzillari: Elektron pochta: niu_edu@exat.uz Telegram: https://t.me/yuldashev0121 Batafsil ma’lumot:👉 http://nordictraining.uz/☎ Murojaat uchun:+998 94 666 78 19 Mas’ul shaxs: Shukrullo YuldashovFinlandiya malaka oshirish ilova batafsil...
Yangiliklar
844
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida doktorantlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Baxrom Tulaganov universitetda ilmiy tadqiqot faoliyatini olib borayotgan doktorantlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.Uchrashuv davomida doktorantlarning ilmiy izlanish jarayonida duch kelayotgan muammolari, dissertatsiya ishlari bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar, shuningdek, ilmiy loyihalar va ilgari surilayotgan yangi innovatsion g‘oyalar muhokama qilindi. Rektor tomonidan yosh olimlarning ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish, ularning tadqiqotlarini amaliyotga joriy etish, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, uchrashuvda doktorantlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy faoliyat uchun zarur shart-sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Yangiliklar
363
Keng Makon Mebellar Fabrikasi va Toshkent arxitektura-qurilish universiteti o‘rtasida dual ta’lim hamkorligi rivojlanmoqda
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadida “Dizayn” kafedrasi tomonidan mebel dizayni yo‘nalishida talabalar ijodiy ko‘rgazmasi tashkil etildi.Mazkur tadbirda universitetning hamkor korxonasi — “Keng Makon” mebellar fabrikasi vakillari faol ishtirok etib, dual ta’lim yo‘nalishi doirasida talabalar tomonidan qo‘l mehnati asosida yaratilgan mebel namunalarini baholadilar hamda ularning amaliy samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berdilar.Ko‘rgazma yakunida talabalar ishlari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi:✅Eng yaxshi konstruktiv mebel✅Eng yaxshi innovatsion mebel✅Mebel dizaynida eng yaxshi badiiy yechimAyni paytda “Keng Makon” mebellar fabrikasi va Toshkent arxitektura-qurilish universitetining “Dizayn” kafedrasi o‘rtasida mebel dizayni yo‘nalishida dual ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mazkur hamkorlik talabalarni amaliy bilim va kasbiy ko‘nikmalar bilan ta’minlash, ularning ishga tayyorlik darajasini oshirish hamda sanoat uchun raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur ko‘rgazma dual ta’limning amaliy samaradorligini namoyon etgan holda, universitet va ishlab chiqarish korxonasi o‘rtasidagi mustahkam hamkorlikning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.
