Yangiliklar

E'lonlar

 74

Milliy, ma'rifiy va ilmiy kontent yaratamiz!

Talabalar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish hamda ularni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida tashkil seminarlarda faol bo'ling.

Tadbirlar

 113

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Yoshlarning manaviy-ahloqiy holatiga taʼsir koʻrsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik” kabi muommalarni bartaraf etishning samarali yoʻllari boʻyicha tadbir oʻtkazildi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “Qurilish mexanikasi va seysmik muhandislik” kafedrasi professor-oʻqituvchilari boshchiligida “Yoshlarning manaviy-ahloqiy holatiga taʼsir koʻrsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik” kabi muommalarni bartaraf etishning samarali yoʻllari boʻyicha tadbir oʻtkazildi.   Unda Yunusobod tumani IIO FMB 4-sonli IIB HPB profilaktika katta inspektori mayor A.K.Shodiyev talabalarga giyohvandlik vositalarining zararli oqibatlari, ularning yoshlar hayoti va kelajagiga yetkazishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirlari haqida batafsil tushuntirdi.Shuningdek, turli axloqsiz xatti-harakatlarning oldini olish, yot gʻoyalarga berilmaslik va o‘zini ijtimoiy muhitda to‘g‘ri tutish bo‘yicha fikrlar bildirdi.Yunusobod tumani PPX xodimlari tomonidan bugungi kunda keng tarqalib borayotgan kiberjinoyatchilik turlari, internetdan foydalanishda uchrashi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar, firibgarlik sxemalari hamda ularga qarshi kurashish choralari haqida ham talabalarga atroflicha ma’lumotlar yetkazildi. Ayniqsa, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, ijtimoiy tarmoqlarda ehtiyotkorlik bilan harakat qilish va begona havolalarga ishonch bildirmaslik bo‘yicha tavsiyalar berildi.Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va ularga mutaxassislar tomonidan toʻliq javoblar olindi. Mazkur uchrashuv yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularda hushyorlik va ogohlikni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

E'lonlar

 106

Huquqiy axborot sifatida tarqatilishi koʻzda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati

Barchamiz bilishimiz zarur bo'lgan  yangi huquqiy axborot sifatida tarqatilishi koʻzda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati

E'lonlar

 99

Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talabalar!

Sizlarni 2025-yil 3-dekabr kuni soat 150:00 da   Muxandislik fakultetining 3-binosi, 501-auditoriyasida “SUV UZATISH TARMOQLARINI LOYIHALASH” fanidan “O’zbekiston shaharlarida suv ta’minoti tizimida yangi texnologiyalarni joriy qilish va qo’llash” mavzusida o'tkaziladigan ochiq darsga taklif etamiz. O’qituvchi: “Muhandislik kommunikatsiyalari” kafedrasi  dosenti Bekmamadova Gulnoza Akmalovna

Tadbirlar

 104

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Oʻzbekiston - millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik yurti” mavzusida festival boʻlib oʻtdi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millat va din vakillarining umumiy qadriyatlari, madaniy merosi va do‘stlik g‘oyalarini targ‘ib etish maqsadida “Oʻzbekiston - millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik yurti” mavzusida festival boʻlib oʻtdi.   Tadbirni Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Isakdjanov kirish soʻzi bilan ochib, ishtirokchilarni tadbirning asosiy maqsadi bilan tanishtirdi. O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millat va din vakillarining umumiy qadriyatlari, madaniy merosi va do‘stlik g‘oyalarini targ‘ib etishdan iborat ekanligi ta’kidlandi. Festival juda qiziqarli va mazmunli o‘tdi. Ishtirokchilar o‘z chiqishlari va namoyishlari bilan tadbirning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga faol hissa qo‘shdi. Turli millat va din vakillari o‘rtasida hamjihatlik muhiti yaratildi, yoshlar milliy va umuminson qadriyatlarga hurmat bilan tarbiyalandi. Har bir jamoa o‘z san’ati va ijodiy chiqishlari bilan festivalning ma’naviy-ma’rifiy muhitini boyitdi, ularning chiqishlari tadbir samaradorligini oshirdi va tomoshabinlarda katta qiziqish va ehtirom uyg‘otdi.Tanlov natijasiga koʻra:1-o‘rin: Arxitektura jamoasi 2-o‘rin: Muhandislik jamoasi 3-o‘rin: Menejment va Qurilish jamoalari gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar. Barcha ishtirokchilarning chiqishlari shaffof va adolatli tarzda baholandi.

Tadbirlar

 110

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Rahbar va yoshlar: Konstitutsiya — huquq va erkinliklarimiz kafolati” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi

O‘zbekiston Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi hodimlari Respublika kengashi bilan hamkorlikda Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Rahbar va yoshlar: Konstitutsiya — huquq va erkinliklarimiz kafolati” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Mardov Sanjar Xudoyqulovich ochib berdi.Uchrashuvda quyidagi soha mutaxassislari ishtirok etdi:O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi hodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Dehqonov Nodir ShukhratovichKasaba uyushmasining Toshkent shahar kengashi raisi Saydaliev Husniddin KamalovichRespublika kengashi yuristkonsulti Nishonova Lola KadiralievnaRespublika kengashi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisi, yoshlar masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi Yusupov Mirziyod Mirkhomid o‘g‘liToshkent arxitektura-qurilish universiteti kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Kasimova Feruza Ergashevna Muloqot davomida yoshlarga oid davlat dasturining ahamiyati Konstitutsiyada belgilangan huquq va erkinliklar, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldi.

E'lonlar

 108

Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talabalar!

Sizlarni 2025-yil 1-dekabr kuni - soat 15:00 da TAQU ning 3 bino 504 auditoriyasida "BETON TO‘LDIRUVCHILAR  TEXNOLOGIYASI" fanidan  "Beton uchun ishlatiladigan to‘ldiruvchilar" mavzusida. oʻtkaziladigan ochiq darsga taklif etamiz. Oʻqituvchi: "Qurilish materiallari va konstruksiyalari - texnologiyasi" kafedrasi katta o'qituvchi Sobirova Muqaddas Xamidulla qizi

Yangiliklar

 105

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Milliy qadriyatlar koʻrgazmasi” boʻlib oʻtdi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakultetida Talabalar masalalari va ma'naviy ma'rifiy ishlar boʻyicha dekan muovini Y.G.Mamasharipov va fakultet tyutorlari boshchiligida talaba-yoshlar bilan birgalikda “Milliy qadriyatlar koʻrgazmasi” boʻlib oʻtdi.Koʻrgazmada chizilgan milliy naqshlar, sapol buyumlariga tushirilgan naqshlar, talaba qizlar tomonidan tikilgan milliy liboslar bilan bezatildi.  Shuningdek, “Muhandislik grafikasi” kafedrasi  professor-oʻqituvchilari Berdiyev F., Bekmirov A., Ergashev A. tomonidan koʻrib chiqib baholandi.Amaliy sanʼat asarlari va buyumlari insonning moddiy muhitini goʻzallashtirishga, estetik boyitishga xizmat qiladi, ayni paytda oʻzining koʻrinishi, tuzilishi, xususiyatlari bilan insonning ruhiy holati va kayfiyatiga ijobiy ta'sir koʻrsatadi.

E'lonlar

 128

Korrupsiyaga qarshi kurash – har birimizning burchimiz!

Universitetda o‘tkazilayotgan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida talabalar ishtirokida maxsus videorolik tayyorlandi. Shuningdek, halollik va adolat tamoyillarini targ‘ib qilish maqsadida #STOPKORRUPSIYA xeshtegi ostida chelenj yo‘lga qo‘yildi.