Yangiliklar
Tadbirlar
142
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida futbol musobaqasi o'tkazildi
Prezidentimizning tashabbusi bilan yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida talabalar o'rtasida sportning futbol turidan musobaqa o'tkazildi.Ushbu musobaqa, talabalar o'rtasida jismoniy faollikni oshirish, sportga qiziqishni rag'batlantirish va jamoaviy ruhni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi. O'yin qizg'in va shiddatli bo'ldi. Musobaqa davomida talabalar o'z mahoratlarini ko'rsatishdi.
Yangiliklar
306
TAQU iqtidorli talabalari “Muhandislik missiyasi” doirasida Yangi O‘zbekiston bog‘iga yo‘l oldilar
2025-yil 18-avgust kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetining iqtidorli talabalari “Muhandislik missiyasi” doirasida Ginnes rekordini yangilash maqsadida Yangi O‘zbekiston bog‘iga yo‘l oldilar.
Tadbirlar
154
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida psixologik trening o'tkazildi
Prezidentimizning tashabbusi bilan yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida universitet psixologi M. Obidova tomonidan talabalar o'rtasida psixologik trening o'tkazildi.Talabalarga pozitiv fikrlash qoidalari, o'ziga bo'lgan ishonch darajasi, kelajakka rejalar tuzish va maqsadlar qo'yish to'g'risida ma'lumotlar berildi. Trening davomida talabalardan "Hayot tarzi" mavzusida so'rovnoma olindi.
E'lonlar
286
TEXNIKUM BITIRUVCHILARINI TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH UNIVERSITETINING TAʼLIM YOʻNALISHLARIGA OʻQISHGA QABUL QILISH
SUHBAT JARAYONI GRAFIGI
E'lonlar
281
Musayeva Zumrad Muxitdin qizining (PhD) dissertatsiyasining himoya majlisiga taklif etamiz
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 2025 yilning 16 sentyabr kuni, soat 10:00 da Musayeva Zumrad Muxitdin qizining 18.00.02 – “Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar-joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi” ixtisosligi bo‘yicha “IShaharlarni rekonstruksiya qilishda bolalar ta’lim muassasalari joylashuvining shaharsozlik va ekologik masalalari” mavzusidagi (PhD) dissertatsiyasining himoya majlisiga taklif etamiz. Manzil: 4-bino, 5-qavat, Faollar zali
E'lonlar
199
Xasanova Maftuna Alisher qizining (PhD) dissertatsiyasining himoya majlisiga taklif etamiz
“Masjidlar arxitekturasi va ularning kompozitsion-tipologik yechimlari: an’ana va zamonaviylik (Toshkent shahri misolida)” mavzusida Xasanova Maftuna Alisher qizining 18.00.01 - “Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash” ixtisosligi bo‘yicha “Masjidlar arxitekturasi va ularning kompozitsion-tipologik yechimlari: an’ana va zamonaviylik (Toshkent shahri misolida)” mavzusidagi Arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/08.05.2024.A.11.02 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 17-sentyabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.Manzil: 100194, Toshkent shahri, “Yunusobod” tumani, “Yangishahar” ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti majlislar zali.Tel/faks: (55) 508-02-56, e-mail: devon@taqu.uz
E'lonlar
173
Jurayeva Sarvinoz G‘afur qizining (PhD) dissertatsiyasining himoya majlisiga taklif etamiz
“Maqbaralar me’morligi va ularning tipologik yechimlari” mavzusida Jurayeva Sarvinoz G‘afur qizining 18.00.01 - “Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash” ixtisosligi bo‘yicha “Maqbaralar me’morligi va ularning tipologik yechimlari” mavzusidagi Arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/08.05.2024.A.11.02 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 12-sentyabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.Manzil: 100194, Toshkent shahri, “Yunusobod” tumani, “Yangishahar” ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti majlislar zali.Tel/faks: (55) 508-02-56, e-mail: devon@taqu.uz
E'lonlar
391
1-bosqichga tavsiya etilganlar abituriyentlar diqqatiga!
2025/2026-oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) eʼlon qilindi.Ma’lumki, talabalikka tavsiya etilganlar davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborish imkoniyatiga ega.Hozirda 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Talabalar turar joyi” axborot tizimiga yuklash jarayoni olib borilmoqda. Shu sababli talabalar tomonidan ariza yuborish xizmati hozircha ishga tushmagan.Mazkur texnik ishlar yakunlangach, 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda qo‘shimcha ma’lumot rasmiy manbalar orqali e’lon qilinadi. ☝️Eslatma: reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi. Jumladan 1-kurs talabalari uchun 55 - 65 foizgacha joy ajratiladi.
