Yangiliklar

E'lonlar

 678

Doktorantura, tayanch doktorantura va stajyor-tadqiqotchilikka hujjatlar qabuli boshlandi!

DOKTORANTURA, TAYANCH DOKTORANTURA VA STAJYOR-TADQIQOTCHILIKKA HUJJATLAR QABULI BOSHLANDI!🗓 Qabul muddati:2025-yil 5-oktabrdan 5-noyabrga qadar📝 Hujjatlar Yagona elektron tizim — daraja.ilmiy.uz platformasi orqali qabul qilinadi.Toshkent arxitektura-qurilish 2025-yil uchun quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD) hamda stajyor-tadqiqotchilikka hujjat qabul qiladi:🎓 05.0901– Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlarDSc – 1 o‘rinPhD – 3 o‘rinStajyor-tadqiqotchi – 0 o‘rin🎓05.09.05 - Qurilish materiallari va buyumlariDSc – 1 o‘rinPhD – 2 o‘rinStajyor-tadqiqotchi – 0 o‘rin🎓05.09.08 - Qurilish texnologiyasi va qurilish jarayonlarini tashkil qilishDSc – 1 o‘rinPhD – 1  o‘rin🎓 08.00.03 - Sanoat iqtisodiyotiDSc – 0 o‘rinPhD – 2 o‘rin🎓 08.00.13 - Menejment DSc – 0 o‘rinPhD – 2 o‘rin🎓 11.00.07 - Geoinformatika DSc – 0 o‘rinPhD – 1 o‘rin🎓 18.00.01 - Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta'mirlash va tiklash DSc – 0 o‘rinPhD – 3 o‘rin🎓18.00.02 - Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi (Arxitektura)DSc – 0 o‘rinPhD – 2  o‘rin🎓 18.00.02 - Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi (Texnika fanlari) DSc – 1  o‘rinPhD – 6 o‘rin📝 Talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati:Ariza.Qisqacha biografik ma’lumot (3.5-shakl bo‘yicha, o‘zbekcha va ruscha).Mehnat daftarchasi nusxasi (ishlayotganlar uchun).Magistratura yoki mutaxassislik diplomi nusxasi.Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).Ish joyidan tavsifnoma (mustaqil izlanuvchilar uchun).Pasport nusxasi.Prezident davlat stipendiyasi hujjati (mavjud bo‘lsa).Til bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikat.Eslatma:Doktorantura va tayanch doktoranturaga topshiruvchilar uchun til sertifikati majburiy hisoblanadi. Talabgorlar hujjatlari ilmiy yoki ta’lim tashkilotlari tomonidan ko‘rib chiqilib qabul qilinadi yoki rad etiladi.

E'lonlar

 938

ʻʻEng faol yil talabasi” tanlovi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi ʻʻEng faol yil talabasi” tanlovini eʼlon qiladi.📌Tanlovda Toshkent arxitektura-qurilish universitetda uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2-, 3-, 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin. Mazkur tanlovda oldingi yillarda ishtirok etib 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan talabalarning qayta ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.📌Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;Yilning eng faol sportchi talabasi;Yilning eng faol iqtidorli talabasi Yilning eng faol ijodkor talabasi;Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun). 📌Tanlov nominatsiyalari bo‘yicha birinchi OTM bosqichida yuqori o‘rinlarni egallagan g‘oliblar oliy taʼlim muassasasining faxriy yorlig‘i va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.📌Respublika bosqichi esa joriy yilning noyabr oyida tashkil etiladi. Ushbu bosqich g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda  bazaviy hisoblash miqdorining 1-o‘rin 15 barobari, 2-o‘rin 10 barobari va 3-o‘rin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.📌 Nizomi📌Hujjatlar Universitetning Iqtidorli talabalar va bitiruvchilar bilan ishlash bosh bino 307-xonada masʼullari tomonidan qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun oʻz oliygohingiz masʼullariga murojaat qiling.📝Hujjatlarni qabul qilish muddati 14-noyabrgacha. TAQU Yoshlar ittifoqi

E'lonlar

 209

Diqqat e'lon

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida tahsil olayotgan isteʼdodli talabalar diqqatiga!  📅 1-noyabr kuni📍Manzil: Faollar zali⏰Oʻtkazish vaqti: 11:00Toshkent arxitektura-qurilish universiteti iste'dodli talabalari oʻrtasida 🎭"Talabalar teatr studiyalari"🎭 tanlovi boʻlib oʻtadi. Ishtirokchilar spektakl namoyish qilishlari va tanlov nizomida belgilangan shartlarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak.Talabalar teatr studiyasi nizomi haqida batafsil…

E'lonlar

 156

Diqqat e'lon

Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talabalar!Sizlarni 2025-yil 17-oktyabr kuni soat 16:30 da Muhandislik fakultetining 3-binosi, 103-auditoriyasida “Muqobil energiya manbalaridan foydalanish” fanidan “Shamol elektr agregatining ishlash prinsipi va shamol energetikasining muammolari” mavzusida o‘tkaziladigan ochiq darsga taklif etamiz. O‘qituvchi: “Muhandislik kommunikatsiyalari” kafedrasi assistenti Adhamova Gulnoza Olimjon qizi

Yangiliklar

 86

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 90 yillik yubiley tantanasi bo‘lib o‘tdi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida O‘zbekiston Muhandislik akademiyasi akademigi, texnika fanlari doktori Erkin Qosimovning 90 yillik yubileyi tantanali ravishda nishonlandi. Tadbir davomida ustozning ilm-fan sohasidagi yuksak xizmatlari, yosh kadrlarni tayyorlashdagi fidoyiligi hamda qurilish sohasining rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi alohida e’tirof etildi. Yubiley munosabati bilan universitet rahbariyati va kasaba uyushmasi tomonidan akademikka esdalik sovg‘alari topshirildi.

Yangiliklar

 132

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tmoqda

Ayni daqiqalarda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tomonidan “Barqaror rivojlanish yo‘lida arxitektura va shaharsozlik muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning birinchi qismi o‘tkazilmoqda.Mazkur nufuzli tadbir Azimut Grand Hotel Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tmoqda. Unda mamlakatimiz hamda xorijdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari, soha mutaxassislari va olimlar ishtirok etmoqda. Konferensiya doirasida barqaror arxitektura, shaharsozlik, ekologik muvozanat va innovatsion qurilish yechimlari bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.

Yangiliklar

 102

TAQU Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining saylov-hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2025-yil 13-oktabr kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi TAQU boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi.Tadbirda universitet rahbariyati, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor S. Mardov, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.Yig‘ilish davomida Mirzaxmedov Shohruh Anvarovich TAQU Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi etib saylandi.Tadbir soʻngida, fakultet va yoʻnalish koordinatorlariga “Ishonch yorliqlari” topshirildi. TAQU Yoshlar ittifoqi

Tadbirlar

 99

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasida tadbir boʻlib oʻtdi

Unda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Suvon Meliyev, Muhammad Yusuf nomidagi jamoat fondi rahbari, "Oltin qalam" gazeta bosh muharriri Nazira As-salom, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi va Jurnalistlar uyushmasi a'zosi, "Doʻstlik" ordeni sohibi Toʻlqin Eshbek, Yoshlar masalasi va ma'naviy-ma'rifiy ishlar prorektori S.Mardov, dekan muovinlari, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.“Ma’rifat ulashib" loyihasi Toshkent arxitektura-qurilish universitetida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning izchil tizimini shakllantirish, talabalarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va ularni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi. Loyiha nafaqat adabiyot va ijodga mehr uyg‘otadi, balki yoshlar qalbida ezgulik, insonparvarlik va milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlaydi.Ijodiy uchrashuvda adiblar oʻzlarining hayot va ijod yo‘li, ustozlar o‘gitlari, shoir yuragining hamisha uyg‘oqligi haqida so‘zladi. Adiblar oʻzlarining she’rlaridan namunalar o‘qib berish bilan birga, ularning yozilish tarixi bilan ham o‘rtoqlashdi.   Uchrashuv davomida iqtidorli talabalarimiz tomonidan Choʻlpon hayotidan saxna koʻrinishi ijro etildi, go'zal talaba qizlar raqsga tushdilar, shuningdek xushovoz talaba tomonidan jonli ovozda aytilgan diltortar navolar tadbir qatnashchilari qalbiga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Tadbir soʻngida Yoshlar masalasi va ma'naviy-ma'rifiy ishlar prorektori S.Mardov universitet nomidan mehmonlarga minnatdorchilik bildirib, estalik sovgʻalar taqdim etdi.

Tadbirlar

 87

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasida ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi

Ijodiy uchrashuv mehmonlari Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Suvon MeliyevMuhammad Yusuf nomidagi jamoat fondi rahbari, "Oltin qalam" gazeta bosh muharriri Nazira As-salomOʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi va Jurnalistlar uyushmasi a'zosi, "Doʻstlik" ordeni sohibi Toʻlqin Eshbeklarni universitet rektori B.Tulaganov hamda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar prorektori S.Mardov va uning jamoasi tomonidan koʻtarinki kayfiyatda kutib olindi. Tadbir davomida "Yashil makon" loyihasi doirasida universitet rektori B.Tulaganov boshchiligida universitet hovlisida ijodkorlar bilan birgalikda daraxt koʻchatlari ekildi.