Yangiliklar

E'lonlar

 200

To‘raxanov Safarali Ibrohimovichning (PhD) dissertatsiyasi muhokamasiga taklif etamiz

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.26/30.12.2019.Т.11.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar yig‘ilishi 2025 yil 13 mart kuni soat 11:30 da o‘tkazilishi va uning kun tartibida quyidagi dissertatsiya muhokama etilishi belgilandi:Talabgor To‘raxanov Safarali Ibrohimovich 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari” ixtisosligi bo‘yicha “O‘z-o‘zidan zichlashuvchi keramzitbetonning tarkibi va xossalari” mavzusida tayyorlagan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi. Ilmiy rahbar: t.f.d., prof.  X.X. KamilovManzil: Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi 9-uy, 4-bino, 5-qavat faollar zali. Tel/faks: (55) 508-50-14, 508-03-12, e-mail:devon@taqu.edu.uz

E'lonlar

 227

Abdazov Dilshod Raxmadjon o‘g‘lining (PhD) dissertatsiyasi muhokamasiga taklif etamiz

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.26/30.12.2019.Т.11.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar yig‘ilishi 2025-yil 13-mart kuni soat 10:00 da o‘tkazilishi va uning kun tartibida quyidagi dissertatsiya muhokama etilishi belgilandi:Talabgor Abdazov Dilshod Raxmadjon o‘g‘li 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari” ixtisosligi bo‘yicha “Mahalliy xomashyo asosidagi o‘z-o‘zidan zichlashuvchi beton” mavzusida tayyorlagan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi. Ilmiy rahbar: t.f.d., prof.  X.X. KamilovManzil: Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi 9-uy, 4-bino, 5-qavat faollar zali. Tel/faks: (55) 508-50-14, 508-03-12, e-mail:devon@taqu.edu.uz

Yangiliklar

 501

Toshkent Arxitektura-qurilish universitetida TİKA hamkorligida yangi laboratoriya ishga tushirildi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Turkiyaning yetakchi tashkilotlaridan biri — Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlashtirish Agentligi TİKA ko‘magida tashkil etilgan yangi laboratoriyaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Tadbirda universitet rektori v.v.b. B.A. Tulaganov, TİKA vakillari hamda Turkiyadan tashrif buyurgan mehmonlar ishtirok etdilar. Ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar ushbu laboratoriyaning universitetning ilmiy-tadqiqot salohiyatini oshirish, talabalarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish yo‘lida muhim qadam ekanligini ta’kidladilar.Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan ushbu laboratoriya qurilish materiallarini sinovdan o‘tkazish, muhandislik tahlillari hamda turli innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish imkonini yaratadi. Ushbu loyiha universitetning xalqaro standartlarga mos ravishda ilmiy izlanishlar olib borish hamda ta’lim jarayonining sifatini oshirish borasidagi sa’y-harakatlarining natijasi sifatida e’tirof etildi. Tadbir doirasida tomonlar kelgusida ilmiy innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini ham muhokama qildilar.

Tadbirlar

 220

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “Qurilish mexanikasi va seysmik muxandislik” kafedrasi tomonidan “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” mavzusida tadbir bo'lib o'tdi

Tadbirni kirish soʻzi bilan kafedrasi t.f.n., dotsent M.Nazarova ochib berdi. Shuningdek Mudofa vazirligi markaziy faxriylar kengashidan V.Radjabov, E.Talbabayev oʻz ma’ruzalarida murakkab “O‘tish” davridagi tarixiy voqealar to‘g‘risida yoshlarimizga gapirib, hozirgi davr qadriga yetish kerakligi va tinmay kitob o‘qib, o‘z bilimlarini muntazam oshirib  borish lozimligi haqida va olgan bilim va hunarlarini  yurtimiz ravnoqi va kelajagi uchun hissa qo‘shishlari haqida taʼkidlab oʻtdilar. Muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda talabalar faol ishtirok etib, el nazaridagi bu insonlardan o‘zlari qiziqtirgan savollarga yetarlicha javob oldilar.

Tadbirlar

 224

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Muhandislik fakulteti tyutori N.Xidoyatova hamda talabalar Milliy kino san'ati saroyida "Ochiq eshiklar kuni"ga bordilar

Unda Kinomatografiya agentligi buyurtmasiga asosan 2024-yilda ishlab chiqilgan "Odina" nomli film namoyish etildi. Filmda bitiruvchi sinfda tahsil olayotgan maktab o‘quvchilarining bir-biridan qiziq sarguzashtlari, ilk muhabbati, tanlovlardagi g‘oliblik uchun harakati va katta hayot ostonasidagi qiyinchiliklari aks etgan.

Tadbirlar

 245

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Xotin-qizlar kengashi tomonidan “O‘zbek qizining qiyofasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

Unda Respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti direktor o‘rinbosari, Respublika “Oqila ayollar” harakati yetakchisi, pedagogika fanlari doktori, professor  Musurmanova Aynisa Musurmanovna ishtirok etdi. Muloqotda mamlakatimizda yosh avlodning bilimli, kasb-hunarli, hur fikrli bo‘lib voyaga yetishi uchun yaratilgan shart-sharoit, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda gender tenglikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha so‘z yuritildi. Talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Tadbirlar

 257

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Men giyohvandlikka qarshiman!" mavzusida adabiyot yoʻnalishi, tasviriy va amaliy san'at yoʻnalishi boʻyicha tanlov iqtidorli talaba-yoshlar o’rtasida bo‘lib o‘tdi

Hay'at a'zolari har bir ishtirokchining ijodiy ishlarini baholashda uning mazmuni, mantiqiy va badiiy ifodaviyligiga alohida e'tibor qaratishdi.Mazkur tanlovning adabiyot yo'nalishi natijalariga ko'ra quyidagilar g'olib deb topildi:Murodboyeva Gulshoda 28-23 guruh talabasi (insho)Ilyasov Muxammediyar 69-22 guruh talabasi (hikoya)Moyliyev Hasan 28-23 guruh talabasi (she'r)  Tasviriy va amaliy san'at yo'nalishi natijalariga koʻra quyidagilar gʻolib deb topildi:1-oʻrin: Ergashaliyeva Soliha 3-24 guruh talabasi2-oʻrin: Muxtorjonova Gulsanam 8-24 guruh talabasi 2-oʻrin: Ushkunboyeva Samira 8-24 guruh talabasi 3-oʻrin: Satvaldiyeva Malika 2-19 guruh talabasi 3-oʻrin: Fayzullayev Husniddin 5-24 guruh talabasi 3-oʻrin: Urakov Doniyor 8-24 guruh talabasi.G’oliblarni muborakbod etamiz va biz siz bilan fahrlanamiz!Tanlovda ishtirok etgan barcha talabalarga Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi o’z minnatdorchiligini bildiradi, shuningdek kelgusi tanlov va musobaqalarda barchani faol bo’lishga chaqiradi!

Tadbirlar

 129

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Men giyohvandlikka qarshiman!" mavzusida adabiyot yoʻnalishi, tasviriy va amaliy san'at yoʻnalishi boʻyicha tanlov iqtidorli talaba-yoshlar o’rtasida bo’lib o’tdi.

Hay'at a'zolari har bir ishtirokchining ijodiy ishlarini baholashda uning mazmuni, mantiqiy va badiiy ifodaviyligiga alohida e'tibor qaratishdi.Mazkur tanlovning adabiyot yo'nalishi natijalariga ko'ra quyidagilar g'olib deb topildi:Murodboyeva Gulshoda 28-23 guruh talabasi (insho)Ilyasov Muxammediyar 69-22 guruh talabasi (hikoya)Moyliyev Hasan 28-23 guruh talabasi (she'r)  Tasviriy va amaliy san'at yo'nalishi natijalariga koʻra quyidagilar gʻolib deb topildi:1-oʻrin: Ergashaliyeva Soliha 3-24 guruh talabasi2-oʻrin: Muxtorjonova Gulsanam 8-24 guruh talabasi 2-oʻrin: Ushkunboyeva Samira 8-24 guruh talabasi 3-oʻrin: Satvaldiyeva Malika 2-19 guruh talabasi 3-oʻrin: Fayzullayev Husniddin 5-24 guruh talabasi 3-oʻrin: Urakov Doniyor 8-24 guruh talabasi.G’oliblarni muborakbod etamiz va biz siz bilan fahrlanamiz!

Yangiliklar

 234

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va“ToshkentboshplanLITI” DM hamda “SHAHAR QURILISH INVEST” IK hamkorligi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi va “ToshkentboshplanLITI” DM hamda “SHAHAR QURILISH INVEST” IK bilan hamkorlikda dual ta’limni tashkil etildi. Hamkorlikning asosiy maqsadi  oliy ta’limni ishlab chiqarish talablari asosida rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish va fan hamda amaliyotni integratsiya qilishdir. Ushbu hamkorlik doirasida talabalar amaliy mashg‘ulotlarini “ToshkentboshplanLITI” DM va “SHAHAR QURILISH INVEST” IK da o‘tkazish hamda mutaxassislar tomonidan berilgan ma’lumotlar asosida amaliy bilim ko’nikmalarga ega bo’lishi rejalashtirilgan. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalarni rivojlantirish eng ilg‘or xorijiy tajriba asosida o‘quv-metodik materiallar yaratish iqtidorli talabalarni ilmiy izlanishlarga jalb etish rejalashtirilgan.