Yangiliklar

E'lonlar

 199

E'lon

2025/2026-o‘quv yilidan boshlab Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon Uyg‘ur Avtonom Rayoni oliy ta’lim muassasalarida (ro‘yxati keltirilgan) grant asosida magistratura va doktoranturada tahsil olish uchun jami 20 ta o‘rin ajratilmoqda.Ma’lumot uchun: Xitoyda magistraturada o‘qish -3 (uch) yil va doktoranturada - 3 (uch) yil etib belgilangan. O‘qish xitoy tilida olib borilganligi sababli tavsiya etilgan nomzodlardan xitoy tilini talab darajada bilish majburiy hisoblanadi. Shuning uchun, yuqorida grantga qo‘shimcha ravishda 1 (bir) yil davomida xitoy tilini tayyorlov kursda o‘rganish ham kiritilgan. Ushbu grant doirasida o‘qish uchun belgilangan to‘lov, stipendiya, yotoqxonada yashash hamda tibbiy sug‘urta xarajatlari Xitoy tomonidan qoplab beriladi. Aviachipta xarajatlari tavsiya etilgan nomzodlar hisobidan qoplanadi. Ilovada keltirilgan ma’lumotlarni batafsil o‘rganib chiqishingizni so‘raymiz. Ma’lumotlarni, ilovada keltirilgan shakl asosida to‘liq to‘ldirib, xorijga chiqish uchun pasport (pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat), ma’lumotnoma (spravka ob’ektivka) va tegishliligicha bakalavr yoki magistratura diplomining nusxalari oliy ta’lim tashkiloti xati bilan birga (ingliz tiliga tarjima qilingan holda) joriy yilning 20- MAYIDAN kechiktirmagan holda Xalqaro aloqalar bo‘limiga topshirishingizni so‘raymiz. (hujjatlarning tarjimasi prorektor tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kifoya)  

Tadbirlar

 254

Kasbga yo‘naltirish ishlari doirasida targ‘ibot uchrashuvlari tashkil etildi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi tomonidan yosh avlodni arxitektura va qurilish sohasi bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, ularni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Kafedra mudiri Baymatov Shahriddin Xushvaqtovich va assistent Xojiyev Nodir Muxtarovich 2025-yilning may oyi boshida Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida joylashgan 2, 8, 17, 21, 60, 77, 83 hamda 100-sonli umumta’lim maktablarida bo‘lib, bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdilar. Uchrashuvlar davomida universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim yo‘nalishlari, talabalarga taqdim etilayotgan imkoniyatlar, xalqaro hamkorlik aloqalari va zamonaviy o‘quv dasturlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, arxitektura va qurilish sohalarining jamiyatdagi o‘rni, bu yo‘nalishdagi kasblarning istiqboli, oliy ta’lim muassasasiga kirish tartibi va talabgorlar uchun mavjud imkoniyatlar tushuntirildi. Targ‘ibot uchrashuvlari o‘quvchilar va pedagoglar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Tadbir yakunida yoshlarga targ‘ibot materiallari tarqatilib, universitet rasmiy veb-sahifalari orqali qo‘shimcha ma’lumot olishlari tavsiya etildi.

Tadbirlar

 203

Xotira abadiy – qadr muqaddas

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 9-may Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Arxitektura fakulteti tyutorlari boshchiligida talabalar bilan birgalikda "Qatag'on qurbonlari xotirasi"davlat muzeyida bo'ldilar. Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Shu munosabat bilan talabalar tomonidan  "Xotira abadiy – qadr  muqaddas"shiori ostida rasmlar chizib ijod qildilar. Qadr – insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag‘ishlaydi.

Tadbirlar

 193

O‘zbekistonda so‘z va matbuot erkinligiga bag‘ishlangan xalqaro media forum bo‘lib o‘tdi

3-may — Jahon matbuoti erkinligi kuni munosabati bilan joriy yilning 7-may kuni “Renessans” kino uyida “Birlashish nuqtasi: so‘z va matbuot erkinligi — Uchinchi Renessans poydevori” mavzusida xalqaro media forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur xalqaro forumning asosiy maqsadi O‘zbekistonda so‘z va matbuot erkinligini rivojlantirish, fuqarolarning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, sohaga oid dolzarb masalalarni muhokama qilish hamda so‘z erkinligining jamiyat va davlat taraqqiyotidagi islohotlar jarayonidagi o‘rni va ahamiyatiga jamoatchilik e’tiborini qaratishdan iborat bo‘ldi. Forumda O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlardan nufuzli jurnalistlar, blogerlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, soha mutaxassislari va davlat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti matbuot kotibi M.Niyazova ham faol ishtirok etdi.

Tadbirlar

 194

Toʻmaris izdoshlari

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida tahsil olayotgan talaba-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish, xotin-qizlarning ongida tariximiz, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizga chuqur hurmat va ehtirom tuyg‘usini mustahkamlash, hayotda g‘alabaga intilish, yuksak vatanparvarlik, qat’iyat, iroda, shukronalik, ilm-fanga va Vatanga mehr-sadoqat hissini oshirish maqsadida universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Kurbanova boshchiligida “To‘maris izdoshlari” sport tanlovi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada qizlar quyidagi shartlar boʻyicha bellashdilar:1. Jamoani tanishtirish;2. “Sport bilan hamnafasmiz” musobaqalari:- 100 metrga yugurish;- estafeta yugurishi (400×300×200×100 m);- darts uloqtirish;-kamondan oʻq otish;3. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish;4. Velosipedda uchish.     Ushbu tanlovda barcha fakultet jamoalari faol ishtirok etib, o‘zlarining g‘alabaga bo‘lgan ishonchi, yuqori intellektual salohiyati hamda ma’naviy va jismoniy tayyorgarligini namoyon etishdi. Gʻolib boʻlgan ishtirokchilar fahriy yorliq bilan taqdirlanib, hududiy shahar bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.Musobaqa koʻtarinki saviyada, juda qizgʻin boʻlib oʻtdi.

E'lonlar

 288

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Oliy ta’limdan keying ta’limning 2025-yil may oyida o‘tkaziladigan malakaviy imtihonlar sanasi va vaqtlari to’g’risida e’lon

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Oliy ta’limdan keying ta’limning 2025-yil may oyida o‘tkaziladigan malakaviy imtihonlar sanasi va vaqtlari to’g’risida e’lon   № Ixtisolik Imtihon sanasi va vaqti Imtihon joyi 1 05.09.01 – “Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar” ixtisosligi 15.05.2025 y. soat 10-00 TAQU 4-bino 3 qavat 402-xona 2 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari” ixtisosligi 29.05.2025 soat 12-00 TAQU 4-bino 3 qavat 402-xona 3 05.09.08 – “Qurilish texnologiyasi va qurilish jarayonlarini tashkil etish” ixtisosligi 12.05.2025 soat 14-00 TAQU 4-bino 3 qavat 402-xona 4 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha 28.05.2025 soat 14-00 TAQU 3-bino 3 qavat 302-xona 5 08.00.13 – “Menejment” ixtisosligi bo‘yicha 28.05.2028 soat 15-00 TAQU 4-bino 3 qavat 402-xona 6 13.00.02- “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha 24.05.2025 soat 9-00 TAQU 4-bino 3 qavat 402-xona 7 18.00.01 – “Arxitektura tarixi va nazariyasi. Arxitektura yodgorliklarini tiklash va ta’mirlash” ixtisosligi bo‘yicha 27.05.2025 soat 10-00 TAQU 4-bino 3 qavat 402-xona 8 18.00.02 – “Rayonlashtirish. Shaharsozlik... Bino va inshootlar arxitekturasi”   (texnika) 12.05.2025 soat 16-00 TAQU 4-bino 3 qavat 402-xona 9 18.00.02 – “Rayonlashtirish. Shaharsozlik... Bino va inshootlar arxitekturasi”   (arxitektura) 16.05.2025 soat 10-00 TAQU 4-bino 3 qavat 402-xona    

Tadbirlar

 230

Muhandislik fakultetida “Halollik — insoniy fazilatlarning mezoni” mavzusida tarbiyaviy suhbat bo‘lib o‘tdi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Muhandislik fakultetida talabalarning axloqiy-ma’naviy saviyasini oshirish, ularni halollik va adolat kabi yuksak insoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash maqsadida “Halollik — insoniy fazilatlarning mezoni” mavzusida tarbiyaviy suhbat tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar bilan halollik, adolat, birovning haqiga xiyonat qilmaslik kabi axloqiy-ruhiy tamoyillar yuzasidan fikr almashildi. Suhbat chog‘ida halol mehnat qilish, boshqalarning huquqlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, shuningdek, jamiyatda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishdagi shaxsiy mas’uliyat masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Talabalar o‘z qarashlarini ochiq ifoda etib, real hayotdan keltirilgan misollar asosida mavzu yuzasidan faollik ko‘rsatishdi. Uchrashuv  yoshlarda axloqiy yetuklikni shakllantirish, ularni vijdonli va adolatli fuqarolar etib tarbiyalashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

E'lonlar

 261

Huquqiy axborot sifatida tarqatilishi koʻzda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati

Barchamizbilishimiz zarur bo'lgan  yangi huquqiyaxborot sifatida tarqatilishi koʻzda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlarroʻyxati

E'lonlar

 179

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Arxitekturа, muhаndislik, tа’lim vа аtrof-muhitni muhofаzаqilishdа innovаtsion texnologiyalаr" mavzusidagi 5-6 may kunlari xalqaro ilmiy amaliy anjuman bo’lib o’tadi.

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ish olib boradi: 1-sho‘ba: Аrxitektura va qurilish sohasida energiya tejamkor innovatsion texnologiyalar; 2-sho‘ba:Аtrof muhitni muhofaza qilish va muhandislik sohasida barqaror rivojlanish;3-sho‘ba: Xalqaro ilmiy hamkorlik va muhandislik taʼlimi sohasidagiinnovatsion texnologiyalar;  4-sho‘ba: Yashil qurilishning iqtisodiy jihatlari.