Yangiliklar

E'lonlar

 209

Jurayeva Sarvinoz G`afur qizining (PhD) dissertatsiyasining himoya majlisiga taklif etamiz

Jurayeva Sarvinoz G`afur qizining 18.00.01-Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va qayta tiklash ixtisosligi bo‘yicha “Maqbaralar me`morligi va ularning tipologik yechimlari” mavzusidagi arxitektura fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/08.05.2024.A.11.02 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi seminarining 2025 yil 8 iyul kuni soat 09:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.Manzil: 100194, Toshkent shahri, Yunusobod tumani Yangishahar ko‘chasi, 9a uy.Seminarimiz Bosh bino 5-qavatidagi 502 auditoriyada boʻlib oʻtadi. Tel/faks: (93) 105-83-55, e-mail:devon@taqu.uz

Yangiliklar

 159

Bitiruvchi talabalarning “Bitiruv malakaviy ishi” himoyasi tashkil etildi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Arxitektura fakulteti talabalari o‘zlarining bakalavr darajasini yakunlash maqsadida bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.Mazkur himoya jarayonida bitiruvchilar tomonidan amaliyot va ilmiy izlanishlar natijalariga asoslangan loyihalar taqdim etilib, ular ekspert komissiyasi tomonidan atroflicha muhokama qilindi va baholandi. Himoya  yakunida talabalar ish faoliyati davomida orttirgan bilim va ko‘nikmalarini namoyon etganliklari uchun tegishli tavsiyalar va minnatdorchilik bildirildi.

Yangiliklar

 147

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida oliy ta’limdan keyingi ta’lim oluvchi izlanuvchilarning chorak monitoringi o‘tkazildi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida tahsil olayotgan izlanuvchilarning ilmiy faoliyatini baholashga qaratilgan yarim yillik monitoring jarayonlari bo‘lib o‘tdi.Monitoring davomida izlanuvchilarning dissertatsiya mavzusi doirasidagi ilmiy izlanishlar holati, amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda kelgusidagi rejalar atroflicha muhokama qilindi.Ilmiy rahbarlar tomonidan izlanuvchilarning faoliyatiga doir tegishli tavsiyalar berildi. Monitoring natijalari asosida ilmiy izlanishlarning sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishini ta'minlash maqsadida zarur chora-tadbirlar belgilandi.

E'lonlar

 205

No'manova Soxiba Ergashboyevnaning (PhD) dissertatsiyasining himoya majlisiga taklif etamiz

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 2025 yilning 10 iyul kuni, soat 10:00 da No'manova Soxiba Ergashboyevnaning  13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari)  ixtisosligi bo‘yicha "Innovatsion yondashuv asosida talabalarning kasbiy -amaliy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi  (PhD) dissertatsiyasining himoya majlisiga taklif etamiz. Manzil: 4-bino, 5-qavat, Faollar zali

E'lonlar

 274

Achilov Nurbek Norboy o‘g‘lining (PhD) dissertatsiyasining himoya majlisiga taklif etamiz

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 2025 yilning 10 iyul kuni, soat 13:00 da Achilov Nurbek Norboy o‘g‘lining 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Chizma geometriya va muhandislik grafikasi) ixtisosligi bo‘yicha “Kompyuter grafikasi vositasida talabalarni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish (kompyuter grafikasi asosida)” mavzusidagi (PhD) dissertatsiyasining himoya majlisiga taklif etamiz. Manzil: 4-bino, 5-qavat, Faollar zali

Tadbirlar

 258

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “Kitobxon yoz – 2025” loyihasi doirasida adabiy - ma’naviy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir “Kitobxon yoz – 2025” loyihasining navbatdagi bosqichi bo‘lib o'tdi, unda ishtirokchilar turli mavzulardagi badiiy va ilmiy kitoblar bilan tanishdilar, va sevimli asarlari haqida o‘zaro fikr almashdilar. Faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. “Kitobxon yoz – 2025” loyihasi davom etmoqda! Barcha talabalarni keyingi tadbirlarda faol  ishtirok etishga chorlaymiz!

E'lonlar

 886

2025-2026 o‘quv yili qabul jarayonining  kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari

60110500-Tasviriy sanʼatva muhandislik grafikasi60210400-Dizaynta’lim yo‘nalishlariga 2025-2026 o‘quv yili qabul jarayonining kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari.

Tabrik

 700

TAQU da ilmiy unvon va diplom darajasini olgan professor-oʻqituvchilarning taqdirlash tadbiri boʻlib oʻtdi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida ilmiy unvon va diplom darajasini olgan professor-oʻqituvchilarning taqdirlash tadbiri boʻlib oʻtdi. Taqdirlash tadbirida universitet rektori B.Toʻlaganov hamda rektor maslaxatchisi B.Askarov soʻzga chiqib, diplom sohiblarini ilmiy unvon va darajalari bilan tabriklagan holda ularga omad va ulkan zafarlar tiladilar.       

Yangiliklar

 238

TAQU rahbariyati yozgi ta'tilda talaba qizlar yashash sharoitini o‘rgandi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Baxrom Tulaganov universitet Xotin-qizlar kengashi raisi N.Kurbanova bilan birgalikda yozgi ta'til davrida ijara xonadonlarida yashayotgan talaba qizlarning boʻsh vaqtlarini qanday oʻtkazayotganliklarini bilish maqsadida holidan xabar oldi.Uchrashuv davomida ularning yashash va ta’lim olish sharoitlari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, talabalarga ta’lim olishlari uchun yetarli imkoniyatlar yaratilganligi ta’kidlanib, yozgi ta’til davrini mazmunli va foydali o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Universitet rahbariyati talabalar bilan doimiy aloqada bo‘lib, ularning ijtimoiy va ma’naviy hayotiga e’tibor qaratishni davom ettiradi.