Yangiliklar
E'lonlar
294
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot institutiga mutaxassis va ilmiy xodimlarni jalb qilish uchun ochiq tanlov e’lon qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-309-son qarorining 3-ilovasi 5.1-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Universitet Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot institutiga mutaxassis va ilmiy xodimlarni jalb qilish uchun ochiq tanlov e’lon qiladi. Arizalar quyidagi bo‘limlar uchun qabul qilinadi:- Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi laboratoriyasiga:Laboratoriya mudiri – 1Katta ilmiy xodim – 2Kichik ilmiy xodim - 3- Geotexnika, gruntlar mexanikasi va qurilish materiallari laboratoriyasiga:Laboratoriya mudiri – 1Katta ilmiy xodim – 2Kichik ilmiy xodim - 3- “Yashil” qurilish, energiya samarador va muqobil texnologiyalar laboratoriyasiga:Laboratoriya mudiri – 1Katta ilmiy xodim – 2Kichik ilmiy xodim - 3- Sun’iy intellekt texnologiyalari va raqamli qurilishni rivojlantirish laboratoriyasiga:Laboratoriya mudiri – 1Katta ilmiy xodim – 2Kichik ilmiy xodim - 3- Barqaror konstruktiv yechimlar, shaharsozlik va infratuzilma laboratoriyasiga:Laboratoriya mudiri – 1Katta ilmiy xodim – 2Kichik ilmiy xodim - 3 Talabgorlar ariza topshirayotgan lavozimga O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yil 26-maydagi 01/00-03/10-6274-sonli xati asosida Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori (XALIKK-2020) hamda yangilangan kasb standarti maketi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2017-yil 26-dekabrdagi 941-sonli “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i, shuningdek amaldagi me’yoriy – huquqiy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan “Tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomasi” talablari bo‘yicha tanlanadi.
E'lonlar
151
Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talabalar!
Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talabalar!Sizlarni 2025-yil 3-noyabr kuni soat 15:00 da Muhandislik fakultetining 3-binosi, 104-auditoriyasida “Beton to’ldiruvchilar texnologiyasi” fanidan “Sun’iy g’ovak to’ldiruvchilar. Keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi” mavzusida o‘tkaziladigan ochiq darsga taklif etamiz.O‘qituvchi: “Qurilish materiallari va konstruksiyalari texnologiyasi” kafedrasi professori v.b., PhD. Raximov Shavkat Turdimurotovich
Tadbirlar
77
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Xalqaro tabiiy ofatlarni kamaytirish kuni”ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
2025-yil 24-oktabr kuni TAQUda Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi hamda Yunusobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamkorligida “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish” mavzusida tadbir tashkil etildi.Tadbir 13-oktababr – Xalqaro tabiiy ofatlarni kamaytirish kuni munosabati bilan o‘tkazilib, unda Bino va inshootlar qurilishi fakultetining 2-kursida tahsil olayotgan 120 nafar talaba hamda ularning o‘qituvchi-tyutorlari ishtirok etdilar.Tadbirda universitet Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig‘i O. Berdiyorov, yong‘in xavfsizligi instruktori R. Axunov, shuningdek Yunusobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari katta leytenant J. Xujamberdiyev va A. Abduazizovlar ishtirok etishdi.Tadbir davomida talabalar va o‘qituvchilarga favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi qoidalari hamda bunday holatlarda to‘g‘ri harakatlanish tartibi haqida amaliy ko‘rsatmalar berildi. Tadbirning maqsadi yoshlarni ogohlikka, xavfsizlik qoidalariga rioya etishga va favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatishdir.
Yangiliklar
74
"Rektor va yoshlar uchrashuvi"
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Rektor va yoshlar uchrashuvi” doirasida navbatdagi uchrashuv Muhandislik fakulteti talabalari bilan bo‘lib o‘tdi.Unda universitet rektori B.Tulaganov, Talabalar orasida ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini taʼminlashga maʼsul boʻlgan rektor maslaxatchisi N.Nishonboyev, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdilar.Tadbirni universitet rektori Tulaganov Bahrom Abdukabilovich kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida universitetda yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularning ilmiy-innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berdi. Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘laqonli javob oldilar.
E'lonlar
114
Professor-o‘qituvchi va talabalar diqqatiga!
28 oktyabr 2025 yil soat 13-30 da “Muhandislik” fakulteting 3 binosi 301 honasida “Qurilish ekologiyasi” fanidan “Tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asoslari” mavzusi bo’yicha ochiq ma’ruzaga taklif etamiz.
Tadbirlar
75
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida ota-onalar kongressi o‘tkazildi
Kongressga universitetning barcha fakultetlari birinchi bosqich talabalarining ota-onalari taklif qilindi.Unda Rektor maslaxatchisi B.A.Asqarov, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar prorektori S.X.Mardov, Menejment fakultet dekani Z.M.Abduvaliyev, dekan muovinlari, tyutorlar hamda 1-bosqich talaba-yoshlarning ota-onalari ishtirok etishdi. Tadbirda so‘z olganlar dastlab, universitetda talabalarni sifatli ta’lim olishlari, Kredit modul tizimi, amaliy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi. Shuning bilan birga ota-onalarga universitet ichki tartib qoidalari, odob-ahloq qoidalari haqida ham tushuntirish ishlari olib borildi.
Yangiliklar
74
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rahbariyati talabalarning yashash sharoitini o‘rgandi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Baxrom Tulaganov va Yunusobod tumani IIO FMB 4-sonli IIB HPB profilaktika katta inspektori mayor A. Shodiyev bilan birgalikdaa ijara xonadonlarida yashayotgan talabalarning holidan xabar oldilarUchrashuv davomida talabalarning yashash sharoiti, uy ichidagi sanitariya holati, hamda ularning o‘qish va dam olish uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi. Shuningdek, ijara uyida kimlar bilan birga istiqomat qilayotgani, qo‘shnilar bilan munosabatlari, atrof muhitdagi xavfsizlik va tinchlik holati ham tahlil qilindi. Bundan tashqari talabalarga bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, ta’limda yuqori natijalarga erishish, shuningdek, shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash, mehnat va ta’limda mas’uliyatli bo‘lish, oilaviy qadriyatlarni asrash hamda ijtimoiy faollikni oshirish borasida tavsiya va maslahatlar berildi.
Yangiliklar
93
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida aholini ro‘yxatga olish mavzusida ochiq dars o‘tkazildi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talabalar o‘rtasida aholini ro‘yxatga olish jarayonining mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan ochiq dars-maruza tashkil etildi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar hamda turli fakultetlarning talabalari ishtirok etishdi.Maruza davomida ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olishning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rni, uning davlat boshqaruvidagi ahamiyati, shuningdek, statistik ma’lumotlarni shakllantirishdagi asosiy tamoyillari haqida atroflicha ma’lumot berildi.Shuningdek, ochiq darsda ro‘yxatga olish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, ma’lumotlarning aniqligi va shaffofligini ta’minlash, shuningdek, yoshlarning bu jarayondagi faol ishtiroki masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Yangiliklar
76
Toshkent arxitektura-qurilish universitetining 1-sonli talabalar turar joyida talaba-qizlar bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetining 1-sonli talabalar turar joyida talaba-qizlar bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N. Kurbanova, Xotin-qizlar kengashi a’zolari, universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi F. Kasimova, shuningdek Yunusobod tumani IIO FMB 4-sonli IIB HPB profilaktika katta inspektori mayor A. Shodiyev ishtirok etdi. Uchrashuvda talaba-qizlarga odob-axloq, milliy qadriyatlar, oila mustahkamligi, yong‘in xavfsizligi va huquqiy madaniyat masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.Unda F. Kasimova “Oila mustahkamligi uchun barchamiz mas’ulmiz” mavzusida ma’ruza o‘qib, oila totuvligi va mehr-oqibat muhimligini ta’kidladi. Mayor A. Shodiyev TTJda xavfsizlik va tartib-intizomni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi. R. Axunov esa yong‘in xavfsizligi qoidalari, evakuatsiya tartibi va 101 raqamiga tezkor murojaat qilish bo‘yicha amaliy maslahatlar berdi.Shuningdek, universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N. Kurbanova va xotin-qizlar kengashi a’zolari talabalarning qobiliyatlarini amaliy qo‘llab-quvvatlash, liderlik salohiyatini oshirish hamda faol jamoatchilikka jalb etish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdilar. Tadbir davomida talabalar yashash sharoitlarini yaxshilash, ijodiy to‘garaklar tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida o‘z takliflarini bildirdilar. Uchrashuv iliq va samimiy ruhda o‘tib, talaba-qizlarda faollik, mas’uliyat va ijobiy hayotiy qarashlarni yanada mustahkamladi.
