Yangiliklar

E'lonlar

 99

Tadbirkorlar va sarmoyadorlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy taʼlim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 563-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali barpo etish belgilangan.Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga xususiy tashabbuskor “ELEGANT INVEST” MChJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan, loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Toshkent arxitektura-qurilish universiteti (1 gektar) hududida 1440 oʻringa moʻljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi 720-sonli “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.Ilova qilinayotgan hujjatlar: 📌 Qiziqish bildirish uchun so'rov shakli; 📌 Loyiha konsepsiyasi; 📌 Loyiha to'g'risida ma'lumot. Tenderda qatnashish uchun tadbirkorlar tomonidan qiziqish bildirish uchun soʻrov va tender takliflarini 2025-yil 14-dekabr kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 23:59 gacha topshirilishi kerak. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 📧  Elektron pochta manzili: devon@taqu.uz 📞  Telefon raqami: +998(95) 142-35-85 📍  Manzil: 100194, Yangishahar ko'chasi 9A-uy, Toshkent shahar, Yunusobod tumani   Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 📧 Elektron pochta manzili: devonxona@edu.uz 📞 Telefon raqami: 71 203-32-23 📍 Manzil: 100095, Toshkent shahri Talabalar ko‘chasi 7-uy O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi  📧 Elektron pochta manzili: dxshtender@imv.uz, Xasan.Mirzayev@imv.uz  📞 Telefon raqami: +998 (71) 203-50-50 (01921)  📍 Manzil: 100017 Toshkent shahri, Istiqlol 29-uy “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun soʻrov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender oʻtkaziladi.

E'lonlar

 100

YUNESKO-Karlos J.Finley mukofoti tanlovi

YUNESKO tashkiloti tomonidan Mikrobiologiya sohasida (immunologiya, molekulyar biologiya, genetika) Kuba Hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan YUNESKO-Karlos J.Finley mukofotiga tanlov e’lon qilingan. Batafsil ma’lumot quyidagi veb sahifada keltirilgan: https://www.unesco.org/en/prizes/carlos-j-finlayUshbu mukofot o‘z tadqiqotlari va yutuqlari orqali mikrobiologiya sohasi va uning qo‘llanishiga katta hissa qo‘shgan shaxs, muassasa, nodavlat tashkilotlarini mukofotlash uchun mo‘ljallangan. YUNESKO-Karlos J.Finley mukofotiga tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlarning hujjatlari ingliz va fransuz tillarida 2025-yil 30-noyabr kuniga qadar onlayn platformada to‘ldirilishi zarur. Nomzodlar anketasini to‘ldirish tartibi bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqish mumkin: https://www.unesco.org/en/prizes/carlos-j-finlay/nomination Yuqorida keltirilgan tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joriy yil 18-noyabr kunigacha quyidagi elektron manzili (sh.eshqobilova@edu.uz)ga yuborilishi lozim.

Yangiliklar

 76

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida o‘quv seminar o‘tkazildi

Universitet ishchi xodimlari uchun “Mehnat sharoitini yaxshilash, ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarni oldini olish va kasb kasalliklarini profilaktika qilish” mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.Tadbir Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig'i O. Berdiyorov va Yong'in xavfsizligi instruktori R. Axunovlar hamda “EKO-BIO-TEST” MChJ raisi, t.f.d. O‘tkir Adilov ishtirokida o‘tkazildi.Seminarda mehnat xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarni oldini olish, kasb kasalliklarini erta aniqlash hamda ularning profilaktikasi masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mehnat muhofazasiga oid videoroliklar namoyish etilib, ishtirokchilarning savollariga javoblar berildi.

E'lonlar

 90

Milliy, ma'rifiy va ilmiy kontent yaratamiz!

Talabalar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish hamda ularni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida tashkil seminarlarda faol bo'ling.

E'lonlar

 130

Huquqiy axborot sifatida tarqatilishi koʻzda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati

Barchamiz bilishimiz zarur bo'lgan  yangi huquqiy axborot sifatida tarqatilishi koʻzda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati

Yangiliklar

 89

"Maʼrifat darsi"

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Kelajak soati” rukni ostida “O‘zbekiston va jahon” mavzusida “Maʼrifat darslari” o‘tkazildi.Unda universitet rektori B.A.Tulaganov, Muhandislik va Qurilish fakulteti  talabalari ishtirok etdilar.Bundan koʻzlangan maqsad talabalarni O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o‘rni, roli va ahamiyatini chuqur anglashga, mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, madaniy hamkorlik yo‘nalishlari bilan tanishtirishga qaratilgan.B.A.Tulaganov tomonidan muhtaram prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning xalqaro maydonda Vatanimizning nufuzini yanada orttirish sohasida olib borayotgan siyosati hamda ushbu yo‘ldagi sa’y-harakatlari haqida videorolik tomosha qilindi. Talabalarga Vatanimizning xalqaro maydondagi nufuzi yanada ortishi sohasida mamlakatimiz Prezidenti olib borayotgan siyosatning ahamiyati haqida bilimlar berildi.

Yangiliklar

 60

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “MIDAS” MCHJ tomonidan “Bazoviy kurs po MIDAS GTS NX” nomli o‘quv kursi tashkil etildi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “MIDAS” MCHJ tomonidan “Bazoviy kurs po MIDAS GTS NX” nomli o‘quv kursi tashkil etildi.Mazkur kursning maqsadi — geotexnika va gidrotexnika inshootlarini loyihalash hamda qurilish jarayonlarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Tadbirda Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etishdi. Kurs yakunida o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.

E'lonlar

 149

Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talabalar!

Sizlarni 2025-yil 30-oktyabr kuni soat 15:00 da Muhandislik fakultetining   3-binosi, 406-auditoriyasida “Oqova suvlarni tozalash ” fanidan “ Отстойники, их конструкция и принцип работы ” mavzusida o‘tkaziladigan ochiq darsga taklif etamiz. O‘qituvchi: “Muhandislik kommunikatsiyalari” kafedrasi professori, Tursunova Elza Akramovna

E'lonlar

 175

Slovakiya Respublikasining Milliy stipendiya dasturi doirasida 2026/2027-yil uchun qabul

Slovakiya Respublikasining Milliy stipendiya dasturi doirasida 2026/2027-akademik yil uchun o‘qish, ilmiy-tadqiqot, o‘qituvchilik va badiiy faoliyat bilan shug‘ullanish maqsadida arizalar qabuli e’lon qilinganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi (ilova qilinmoqda). Stipendiya uchun arizalar topshirishning oxirgi muddati 2025-yil 31-oktabr belgilangan. Batafsil ma’lumotni www.scholarships.sk  havolasi orqali olish mumkin.Ilova haqida batafsil ma'lumot...