Yangiliklar

Yangiliklar

 97

Prezident farmoni mazmuni universitet jamoasiga yetkazildi

2025-yil 20-oktabr kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–184-sonli farmoni hamda PQ–309-sonli qarori mazmunini Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Baxrom Tulaganov universitetning professor-o‘qituvchilari va xodimlariga batafsil bayon qildilar.Tadbir davomida rektor mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, ilm-fan salohiyatini oshirish hamda ta’lim jarayonlarini zamonaviy talablarga moslashtirish borasida Prezident tomonidan ilgari surilgan ustuvor vazifalar haqida so‘z yuritdi.Shuningdek, farmon va qaror asosida universitet faoliyatida amalga oshiriladigan islohotlar, ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, o‘qituvchilarning malakasini oshirish va talabalar uchun yaratiladigan yangi imkoniyatlar yuzasidan ham atroflicha ma’lumot berildi. Tadbir yakunida rektor jamoani belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda faollik va mas’uliyat bilan yondashishga chaqirdi.

Yangiliklar

 78

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Polsha Respublikasining Belostok Oliy iqtisodiyot universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Polsha Respublikasining Belostok Oliy iqtisodiyot universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv “Qo‘shma ta’lim dasturlari” doirasida olib borilayotgan hamkorlikni yanada rivojlantirishga bag‘ishlandi.Tadbirda Belostok Oliy iqtisodiyot universiteti rektori, Qozog‘iston Respublikasining Polshadagi faxriy konsuli, Polsha hukumati huzuridagi iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha maslahatchi professor Aleksandr Prokopyuk, suv resurslarini boshqarish bo‘yicha xalqaro ekspert professor Marek Gromets, shuningdek PROEKO va BSK BIOGEST korxonalari rahbari, Belostok texnologiya universiteti sobiq prezidenti (2012–2020-yillar) professor Lex Dzenis ishtirok etdilar.Uchrashuv davomida 2025-yilda ikki universitet o‘rtasida imzolangan “Qo‘shma ta’lim dasturlari” doirasidagi hamkorlik natijalari muhokama qilindi. Ushbu yo‘nalish asosida 2025/2026-o‘quv yili uchun 45 nafar talaba Belostok Oliy iqtisodiyot universitetining magistratura dasturlariga qabul qilindi.Shuningdek, kelgusida hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan:⬅bakalavriat bosqichida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish;⬅talabalar almashinuvi dasturini amalga oshirish;⬅professor-o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashish;⬅qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Mazkur uchrashuv Toshkent arxitektura-qurilish universitetining xalqaro aloqalarini yanada mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Yangiliklar

 112

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Menejment” fakultetining birinchi bosqich talabalari ishtirokida “Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens-nazorat bo‘limi boshlig‘i M. Isakjanov hamda fakultet dekani Z. Abduvaliev ishtirok etdilar.Suhbat davomida ishtirokchilarga korrupsiyaning jamiyat va ta’lim tizimiga salbiy ta’siri, shuningdek, uning kelajak avlod rivojiga tahdid soluvchi omil ekanligi haqida batafsil ma’lumot berildi.Shuningdek, tadbir davomida talabalarga halollik, vijdon va mas’uliyat kabi insoniy qadriyatlarni hayotda ustuvor tamoyil sifatida shakllantirish zarurligi ta’kidlandi.Ma’ruzachilar yoshlarni korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo‘lish, qonunlarga hurmat bilan yondashish hamda bilim va mehnat orqali muvaffaqiyatga erishishga chorladilar. Davra suhbati ochiq muloqot ruhida o‘tib, talabalar mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar, qiziqtirgan savollariga javob oldilar va faol ishtirok etishdi.

Yangiliklar

 79

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda "Kelajak soati" rukni ostida "Maʼrifat darslari" boʻlib oʻtdi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda "Kelajak soati" rukni ostida "Maʼrifat darslari" boʻlib oʻtdi. Unda "Jamiyat birdamligini ta’minlash boʻyicha loyihalarni muvofiqlashtirish boʻlim” boshligʻi satsiologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent Xidirov Suxrob Norboʻtayevich ishtirok etib oʻz maʼruzalari bilan chiqish qildi.

Yangiliklar

 76

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti professor-o‘qituvchisi Ayano Ohata bilan uchrashuv tashkil etildi

Toshkent arxitektura qurilish universiteti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilari va Universitetda tashkil etilgan “Yapon tili va texnik ko‘nikmalarni qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi” professor-o‘qituvchisi Ayano Ohata bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Universitet “Yapon tili va texnik ko‘nikmalarni qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi” faoliyati, Universitetda yapon tilini xorijiy til sifatida o‘qitish bepul amalga oshirilishi, Universitet bitiruvchilarining Yaponiyadagi kompaniyalarga ishga joylashishlariga yordam ko‘rsatilishi, texnik mutaxassis vizasi, maxsus ko’nikma vizasi, egallanadigan ko’nikmalar, ko’nikma egallash kursi, Yaponiya kompaniyalaridagi ish haqlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

E'lonlar

 213

Diqqat e'lon

Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talabalar!Sizlarni 2025-yil 21-oktyabr kuni soat 13.30 da Texnalogiya fakultetining 1-binosi, 106-auditoriyasida “Issiqlik texnikasi” fanidan “Gazlarning aralashisi bo'yicha amaliy masalalarni yechish” mavzusida o‘tkaziladigan ochiq darsga taklif etamiz. O‘qituvchi: “Muhandislik kommunikatsiyalari” kafedrasi dotsenti Sultanova Shaxzoda Yusufovna

E'lonlar

 207

Ergashov Jasurbek Dilmurodovichning (PhD) dissertatsiyasi muhokamasiga taklif etamiz

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.26/30.12.2019.T.11.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar yig‘ilishi 2025 yil 23 oktyabr kuni soat 10:00da o‘tkazilishi va uning kun tartibida quyidagi dissertatsiya muhokama etilishi belgilandi:Talabgor Ergashov Jasurbek Dilmurodovich 05.09.01–“Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlari” ixtisosligi bo‘yicha “Egiluvchi temirbeton elementlarda qo‘llaniladigan bazaltfibrobetonning mustahkamlik va deformatsion xususiyatlarining o‘ziga xosligi” mavzusida tayyorlagan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi. Ilmiy rahbar: t.f.d. prof. Akramov Xusnitdin Axrarovich. Manzil: Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi 9-uy, 4-bino, 5-qavat Kovorking markazi. Tel/faks: (55) 508-50-14, 508-03-12, e-mail:devon@taqu.edu.uz.

Yangiliklar

 85

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi hamda Yunusobod tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari hamkorligida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi hamda Yunusobod tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari hamkorligida “Yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan holatda professor-o‘qituvchi, talabalar hamda ishchi-xodimlarning to‘g‘ri harakat qilishi bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirish” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.Tadbir davomida avtomatlashtirilgan ovoz kuchaytirgich orqali “Diqqat! Diqqat! Zilzila!” degan shartli murojaat e’lon qilindi. Murojaatdan so‘ng professor-o‘qituvchilar va talabalar belgilangan xavfsiz yig‘ilish maydonlariga evakuatsiya qilinish amaliyotini bajarishdi.O‘quv mashg‘uloti Toshkent shahar Yunusobod tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi profilaktika va nazorat bo‘limi inspektori, katta leytenant Botir Lutfullaev hamda shu bo‘lim inspektori, katta leytenant Jamshid Xo‘jamberdiyevlar bilan hamkorlikda tashkil etildi. Mazkur mashg‘ulotda jami 110 nafar professor-o‘qituvchi va 2300 nafar talaba qatnashdi. Tadbir orqali universitet jamoasi favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlab, xavfsizlik sohasida amaliy tajriba orttirdilar.

Tadbirlar

 77

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamkorligida “Barqaror rivojlanish yo‘lida arxitektura va shaharsozlik muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.Mazkur nufuzli anjumanda Zaha Hadid Architects, XTU Architects, MAD Architects kabi yetakchi xorijiy arxitektura byurolari vakillari, mamlakatimiz bosh arxitektorlari, loyihalash tashkilotlari rahbarlari hamda tajribali mutaxassislar ishtirok etdilar. Tadbir davomida zamonaviy arxitektura, barqaror shaharsozlik va innovatsion qurilish texnologiyalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar, panel sessiyalar hamda interaktiv muloqotlar o‘tkazildi.