Yangiliklar
Tadbirlar
212
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Dotsent” ilmiy unvoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
Universitet rektori v.v.b. B.A.Tulaganov tomonidan samimiy tilaklar va ulkan zafarlar tilab quyidagi nomzodlarga “Dotsent” unvoni topshirildi.Meyliyeva Gulnoza MinggirovnaAllanyazov Marat BaxavedinovichNarbayev Sanjar MuxammatovichNazarov Komil Igamberdiyevich
Tadbirlar
282
Xabaringiz bor Respublikamiz bo‘ylab eʼlon qilingan “Milliy liboslar kuni” oliy taʼlim muassasalarida ham o‘tkazilmoqda
Milliy madaniyatimiz va an’analarimizni keng targ‘ib qilish maqsadida Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Milliy liboslar kunini o'tkazish an'ana tusiga kirdi. Universitet professor-oʻqituvchilari va xodimlari talabalarga oʻrnak boʻlib gʻurur va iftixor bilan milliy kiyimlarda oʻz faoliyatlarini olib bormoqdalar. Talabalar ham oʻz navbatida haftaning har juma kunlari dars jaroyida milliy libos va doʻppilarda ishtirok etmoqdalar.
E'lonlar
244
E'lon
Sizni Sochi shahrida bo‘lib o‘tadigan ta’lim tadbirlarida ishtirok etishga taklif qilamiz. Pyatigorsk va Minsk (Belarus Respublikasi)2025 yil 25-29 mart, Sochi (Xosta) ta’lim tashkilotlari rahbarlari va mutaxassislari uchun VI yillik “Ta’lim 2025: maktablar va bolalar bog‘chalarini samarali boshqarish” konferentsiyasi bo‘lib o‘tadi.– 2025-yil 7-10 aprel, Pyatigorsk ta’lim muassasalari rahbarlari va mutaxassislari uchun “ZAMONAVIY MAKTAB VA BOG‘CHA” amaliy seminar.– 2025-yil 22-26 aprel, Minsk (Belarus Respublikasi) Ta’lim muassasalari rahbarlari va mutaxassislari uchun “ZAMONAVIY TA’LIM TIZIMIDA O‘QITUVCHI ISHLAB CHIQISHI” mavzusida amaliy seminarlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.Barcha savollar boʻyicha tashkiliy qoʻmita bilan bogʻlaning: Tel.: 8(495)227-15-17; elektron pochta: info@conventus-center.ru: http://conventus-center.ru
Tadbirlar
238
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti psixologi M.Obidova tomonidan talaba-yoshlar o'rtasida "Art- terapiya" mashg'uloti o'tkazildi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti psixologi M.Obidova tomonidan talaba-yoshlar o'rtasida "Art- terapiya" mashg'uloti o'tkazildi. Oʻtkazilgan psixologik seminar treningda talabalar o'rtasida psixologik zo'riqishlarni oldini olish, emotsional psixologik holatlarini barqarorlashtirish maqsadida tashkil etildi. Trening davomida psixologik texnikalar va qiziqarli savol-javoblar boʻlib oʻtdi. Tashkil etilgan psixologik seminar trening talabalar tomonidan yuqori kayfiyatda qabul qilindi.
Tadbirlar
238
Sport yangilik
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Sport bizni birlashtiradi" shiori ostida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi boshligʻi N.Kurbanova, Kasaba uyushmasi raisi F.Kasimova hamda universitet Sport klubi rais oʻrinbosari Gʻ.Yorqulov tomonidan universitetda faoliyat olib boruvchi (ayol) professor-oʻqituvchilar va xodimlar oʻrtasida "Sport musobaqasi" tashkil etildi.Unda sportning: Estafeta, Armrestling, Shashka va Stol tennis turlari bo'yicha o'zaro bellashildi.Estafeta:1- Menejment fakulteti jamoasi2- Qurilish fakulteti jamoasi 3- Arxitektura fakulteti jamoasiArmrestling:1-Toshpoʻlatova Madina2- Yernazarova Gulnoza3- Kurbanova NigoraStol tennis:1- Saloxiddinova Durdona 2- Risqulova Madina3- Oʻrazboyeva NazokatShashka:1- Jumayeva Ziyoda2- Toshpoʻlatova Madina 3- Ne'matullayeva E'zozaG'olib bo'lgan jamoalar diplom va sovg'alar bilan taqdirlandilar.
Yangiliklar
343
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Toshkent Gidrometeorologiya Texnikumi Hamkorligi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasining Toshkent Gidrometeorologiya Texnikumidagi filiali ochildi. Tadbirda "Qurilish" fakulteti dekani A.J. Abdullayev, texnikum direktori E.J. Daulatov, kafedra mudiri N.A. Aripova hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.Hamkorlikning asosiy maqsadi oliy ta’limni ishlab chiqarish talablari asosida rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish va fan hamda amaliyotni integratsiya qilishdir. Ushbu hamkorlik doirasidaTalabalar amaliy mashg‘ulotlarini texnikum negizida o‘tkazishSoha ehtiyojlariga mos ta’lim dasturlarini ishlab chiqishIlmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalarni rivojlantirishEng ilg‘or xorijiy tajriba asosida o‘quv-metodik materiallar yaratishIqtidorli talabalarni ilmiy izlanishlarga jalb etish rejalashtirilgan.Bu tashabbus ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Tadbirlar
176
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Muhandislik fakultetida "Bobur kabi seving vatanni" mavzusida ma'naviy ma'rifiy tadbir o'tkazildi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Muhandislik fakultetida "Bobur kabi seving vatanni" mavzusida ma'naviy ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Tadbirda talabalar Bobur hayoti ijodiga doir videoroliklar namoyish etib, g'azal va ruboiylaridan parchalar o'qidilar.Bobur hayotiga doir sahna ko'rinishlarini namoyish etdilar.
E'lonlar
278
E'lon
Iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularni qoʻllab-quvvatlash, talaba-yoshlarni ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash hamda bu faoliyatda ishtirok etishlarini ta’minlash yuzasidan maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 17-yanvardagi 17-sonli “Oliy ta’lim vazirligi tizimidagi oliy ta’olim muassasalari talabalari o‘rtasida “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida startap loyihalar tanlovini e'lon qilamiz.Start-ap loyihalari 2025-yilning 15-fevraldan 1-martga qadar online tarzda universitet Ilmiy tadqiqot ishlari boshqarmasining quyidagi manzillari orqali qabul qilinadi.Telegram orqali +998 97 767 61 60
Tadbirlar
242
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida har juma "Milliy libos kuni!" odat tusiga aylanmoqda
Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, ma’naviyati hamda madaniyati bilan chambarchas bog‘liq holda namoyon bo’ladi. Shu maqsadda bugun “Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyatining ko‘zgusi” hamda "Milliy libos koʻrgazmasi" mavzusida tadbir o‘tkazildi. Talaba-yoshlar qalbida milliy urf-odatlarimiz hamda qadriyatlarimizga bo‘lgan mehr-muhabbatni kuchaytirish, talaba-yoshlarning estetik didini o‘stirish va milliy liboslarimizga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida “Milliy liboslar ko'rgazmasi" boʻlib oʻtdi. Milliy liboslar ko'rgazmasi va milliy urf- odatlar bagʻishlangan tadbirda talabalar xalqimizning tarixi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari mujassam bo‘lgan hozirgi kundagi milliy liboslar jozibasini hamda etnografik urf-odatlarni namoyish etdilar.