Yangiliklar

Tadbirlar

 168

Toshkent arxitektura-qurilish universitetining 1-sonli talabalar turar joyida “Boburxonlik” kechasi davom etmoqda

Unda “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professor-o’qituvchilari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi. Tadbirni “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti L.Xalmamatova kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shuningdek, dotsent A.Nasriddinov va katta o‘qituvchi R.Turdibekovalar  “Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi, tarixchi, mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida oʻrin tutishi, ulugʻ shoh va shoir oʻzining sheʼriy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy gʻoyalarni, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam oʻrin egalladi”, – deya e’tirof etganligi  haqida ma'lumot berdi. Tadbir davomida talabalar tomonidan Boburning  ijodidan g’azal va she’rlar mutolaa qilindi hamda sahna ko’rinishlari namoyish etildi.

E'lonlar

 201

Diqqat E'lon

Iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularni qoʻllab-quvvatlash, oʻzbek musiqa san'atini jahon sahnalarida targʻib etish maqsadida "EUROPIAN STARTS" nomli I Xalqaro online tanlovini e'lon qilamiz. Arizalar 2025-yilning 21-yanvaridan, 21-fevraliga qadar online tarzda Tashkiliy qoʻmitaning quyidagi manzillari orqali qabul qilinadi:Telegram orqali: 95-008-59-29Telegram bot: @newtalents_24Elektron pochta manzili: newtalentsuzb@gmail.comBatafsil ma'lumotlar uchun quyidagi nizom bilan tanishib chiqishingiz mumkin. https://taqu.uz/file/НИЗОМ EUROPIAN STARS(1).pdf

Yangiliklar

 303

Universitetning iqtidorli talabalari

2024-2025 o’quv yilida “O’ZBEKGIDROENERGO” AJning nomdor stipendiyasi g’olibi bo’lgan. Toshkent arxitektura-qurilish universitetining iqtidorli talabalarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Stipendiya sohibi bo’lgan bakalavr  va magistr bosqichida tahsil olayotgan talabalarga “O’ZGIDROENERGO” AJ  tomonidan guvohnoma, estalik sovg’alari va guldastalar taqdim etildi. Kelgusi o’qish va ilmiy izlanishlariga ulkan zafarlar tiliab kitoblar sovg’a qilindi.

Yangiliklar

 370

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari Dunyo QS reytingi bo'yicha 60-o'rinda turuvchi Malayziyaning Malaya Universiteti tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari Dunyo QS reytingi boʻyicha 60-oʻrinda turuvchi Malayziyaning Malaya Universiteti tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi. 2024-yil 8-noyabr kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetida boʻlib oʻtgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada hamda 2024-yil 11-28-noyabr kunlari Malaya Universiteti professor-oʻqituvchilar tomonidan workshoplar va darslarda tarjimonlik qilib yaqindan yordam bergan talabalar eʼtirof etildi.  Mazkur sertifikat universitet rektori v.v.b. B.A.Tulaganov tomonidan oʻz egalariga topshirildi.

Tadbirlar

 218

Rektor va yoshlar uchrashuvi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori v.v.b. B.A.Tulaganov Qurilish fakulteti talabalari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar prorektori S.Mardov, Akademik faoliyat boʻyicha prorektor R.Xadjayev, fakultet dekani A.Abdullayev va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Ochiq muloqot tarzida oʻtgan uchrashuvda universitetda tahsil olayotgan talabalarga sifatli taʼlim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar va  imkoniyatlarni taʼkidlab oʻtildi hamda xalqaro hamkorlik, loyihalar va yangiliklar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Undan tashqari talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.

Yangiliklar

 232

“Furqat nomidagi maxsus stipendiya”si g’olibi bo’lgan talabalar taqdirlandi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida barcha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda o‘zining  faolligi, bilim-salohiyati bilan adibimiz Zokirjon Xolmuhammad  o‘g‘li Furqat hayoti va ijodi haqida olib borgan ilmiy-izlanishlari uchun “Furqat nomidagi maxsus stipendiya”si g’olibi bo’lgan talabalar taqdirlandi. Stipendiya egalarga universitet rektori v.v.b. B.Tulaganov tomonidan guvohnoma va bayram guldastasi taqdim etildi.Taqdirlash marosimi  tadbir kuzatuvchilari va talabalarda o’qishga bo’lgan harakat va ishtiyoqini yanada kuchaytirdi.

Yangiliklar

 228

Yil talabasi respublika ko'rik-tanlovi g'oliblari taqdirlandi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida yil davomida barcha talabalar orasida o’zining tashabbusi, izlanuvchanligi, ilg’orligi va faolligi bilan “Yil talabasi “ nominatsiyasiga sazovor bo’lgan talabalar taqdirlandi.“Yilning eng faol targ’ibotchi talabasi”“Yiling o’z mutaxasisligi bo’yicha eng bilimdon talabasi”“Yiling eng faol tadbirkor talabasi”nominatsiyalari bo’yicha g’olib bo’lgan talabalarga universitet rektori v.v.b. B.Tulaganov tomonidan Faxriy yorlig’i va guldastalar taqdim etildi.

Yangiliklar

 270

Oliy ta'limdan keyingi ta'limga imtihonlarsiz o'qishga qabul qilish tartibi joriy qilinmoqda

Bunda, talabgorning Yagona elektron tizimdagi shaxsiy kabinetida toʻplanadigan maʼlumotlari oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga kiruvchi talabgorlarga qoʻyiladigan talablarga muvofiq shakllanadi va oʻzlashtirgan fanlari, xorijiy tillarni bilish darajasi, faoliyat natijalari ballari bo‘yicha hisoblanadi.

Tadbirlar

 210

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida so'z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Babur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan tadbir o'tkazildi

Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar prorektori S.Mardov soʻzga chiqib, Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. Chunki u oʻzini “Xitoydan to Xuroson” gacha yoyilgan turkiy “qavm” (el, urug’)larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirdi, “yakqalam” qildi. Bu bilan millatning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy ravnaqiga katta ta’sir koʻrsatdi-deya ta'kidlab oʻtdi. Tadbir mehmoni sifatida A.Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi bosh xazinaboni A.Q.Eshonboboyev hamda "O'zbek tili adabiyoti" kafedrasi dotsenti N.Alimova ishtirok etdilar. Menejment fakulteti va Qurilish fakulteti talabalari tomonidan gʻazal hamda ruboiylar, sahna koʻrinishlari ijro etildi.