Yangiliklar

E'lonlar

 238

Nurmatov Eliyor Alimovich falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi seminari himoyasi

13.00.02 - Taʻlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (chizma geometriya va muhandislik grafikasi) ixtisosligi boʻyicha “ Muhandislik va kompyuter grafikasi fanini multimediali kompyuter grafikasi asosida oʻqitish metodikasini takomillashtirish (Texnik oliy taʼlim muassasalari misolida) ”  mavzusidagi (pedagogika fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/08.05.2024.A.11.02 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi seminarining 2025-yil 24-iyun kuni soat 10:00 dagi majlisida boʻlib oʻtadi. Manzil: 100194, Toshkent shahri, Yunusobod tumani Yangi shahar koʻchasi, 9a uy.Seminarimiz Bosh bino 5-qavatida 502-xonada boʻlib oʻtadi. Tel/faks: (93) 105-83-55, e-mail:devon@taqu.uz

Tadbirlar

 308

TAQU rektori B.A.Tulaganov akademik litsey bitiruvchilari uchun tashkil etilgan tantanali diplom topshirish marosimida ishtirok etdi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi akademik litseyda bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rektori B.A. Tulaganov, akademik faoliyat bo'yicha prorektor, litsey direktori  R.M. Hadjayev ishtirok etib, bitiruvchilarni muhim bosqich — litsey ta’limini muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan samimiy muborakbod etdilar.Tadbir davomida so‘zga chiqqan B.A. Tulaganov yoshlarga katta hayot yo‘lida mustahkam bilim, qat’iyat va fidoyilik tiladi. U o‘z nutqida ta’lim — jamiyat taraqqiyotining asosiy omillaridan biri ekanini ta’kidlab, yoshlarni zamonaviy texnologiyalarni chuqur o‘rganishga, yetuk mutaxassislar sifatida shakllanishga chorladi.Marosim davomida o‘zining yuksak bilim va faolligi bilan ajralib turgan iqtidorli bitiruvchilarga faxriy yorliqlar, “Oltin” va “Kumush” medallar tantanali ravishda topshirildi. Bitiruvchilar uchun ushbu sana ularning hayotidagi muhim burilish nuqtasi bo‘lib, kelajakdagi katta maqsadlar sari dadil odimlash uchun mustahkam zamin yaratadi. Mazkur tadbir yosh avlodda Vatanga sadoqat, kasbga mehr va yuksak ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarga sodiqlik ruhini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tadbirlar

 282

"O'quvchi va talaba qizlarga nisbatan tazyiq o'tkazish yoki zo'ravonlik sodir etish holatlarini oldini olishga qaratilgan" psixologik tadbir tashkil etildi

Toshkent arxitektura-qurulish universiteti 1-sonli Talabalar turar joyida  universitet psixologi M.Obidova,TTJ tarbiyachisi N.Mamanova va Arxitektura fakulteti tyutori O.Tojiyeva bilan hamkorlikda "O'quvchi va talaba qizlarga nisbatan tazyiq o'tkazish yoki zo'ravonlik sodir etish holatlarini oldini olishga qaratilgan" psixologik tadbir tashkil etildi. Tadbirdan ko'zlangan maqsad talaba-qizlarga zo'ravonlikning turlari, ko'rinishlari, bunday holatlarda qanday yo'l tutish kerakligi va bunday holatlarga tushib qolganda tegishli muttasadi xodimlarga murojaat etishlari to'g'risida ma'lumotlar berildi.                                                     Talaba-qizlar o'zlariga kerakli bo'lgan foydali ma'lumotlarga va tavsiyalarga ega bo'ldilar.

E'lonlar

 311

Buyuk Britaniya darajalari O‘zbekistonda!

Endi siz O‘zbekistonni tark etmasdan turib, Buyuk Britaniya universiteti darajasini qo‘lga kirita olasiz. Bu imkoniyat Xalqaro malakalar va baholash markazi (IQAC) tomonidan taqdim etilmoqda — Markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli QAROR iga asosan faoliyati rasman yo’lga qo’yilgan bo’lib, Buyuk Britaniyaning OFQUAL malakalar tizimi bilan to‘liq moslashtirilgan.Mahalliy ta’lim – Xalqaro diplomIQAC 3-darajadan 7-darajagacha bo‘lgan professional va kasbiy dasturlarni ishlab chiqadi, akkreditatsiyadan o‘tkazadi hamda ularni mahalliy hamkor oliy ta’lim muassasalarida amalga oshiradi.IQAC dasturlari quyidagi Buyuk Britaniya universitetlari tomonidan beriladigan diplomlar bilan yakunlanishi ko’zda tutilgan:University of GloucestershireUniversity of HertfordshireUlster va Northumbria universitetlari (QA Higher Education)University of West LondonUniversity of WolverhamptonYo‘nalishlar:Axborot texnologiyalari (Sun’iy intellekt, Kiberxavfsizlik, Ma’lumotlar ilmi)Biznes boshqaruviArxitekturaTurizm va mehmondo‘stlik Nega aynan IQAC?3-darajali Foundation dasturi bilan maktab davridayoq boshlash imkoniyati3–7-darajali Buyuk Britaniya tizimidagi uzviy ta’lim yo‘liO‘zbekistonda boshlab, o‘qishni Buyuk Britaniyaga ko‘chirish imkoniQabul boshlandi!Yo’nalishlar bo’yicha hamkor litsey, texnikum va universitetlarga bog’laning:Toshkent shahridagi Inha universiteti – Axborot texnologiyalari, Biznes boshqaruvi (barcha darajalar - bakalavriat va magistratura)Toshkent arxitektura-qurilish universiteti – Arxitektura (barcha darajalar - bakalavriat va magistratura)Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti - Turizm va mehmondo’stlik (barcha darajalar - bakalavriat va magistratura)Toshkent turizm va mehmonxona boshqaruvi texnikumi – Turizm va mehmondo’stlik (3 va 4 darajalar)“International House Tashkent" akademik litseyi – Biznes boshqaruvi (3 daraja). Yuqoridagi dasturlarda o'qishni istagan talabgorlar ushbu HAVOLA orqali ma'lumot qoldirishlari so'raladi.Batafsil 

Yangiliklar

 243

TAQU bitiruvchi talabalari “O‘zstandart” institutida bitiruv ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti hamda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tarkibidagi O‘zbekiston standartlar instituti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida ilk bor bakalavriat bitiruvchi kurs talabalari bitiruv malakaviy ishlarini mazkur institutda himoya qildilar.“Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti qurilish” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari Obidjonov Boburjon Nozimjon o‘g‘li “Shahar aholisini ichimlik suvi ta’minotida standartlashtirish me’yor va qoidalari tahlili”, Qobilova Gulmira Odiljon qizi “Shahar transport infratuzilmasida sifat boshqaruv tizimi tahlili” va Latipov Erkin Azamat o‘g‘li “Vaqt va chastota o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash tizimi” mavzularida ingliz tilida bitiruv ishlarini himoya qildilar.Himoyalar “Shahar infratuzilmasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, O‘zbekiston standartlar instituti, Milliy metrologiya instituti hamda UzTest markazi mutaxassislari ishtirokida yuqori saviyada o‘tkazildi. Bitiruv ishlari dolzarb mavzulari, ilmiy yondashuvi va amaliy ahamiyati bilan e’tirof etilib, kelgusida ularni amaliyotga tatbiq etish, ilmiy izlanishlar bilan davom ettirish yuzasidan tavsiyalar berildi. A’lo baho olgan talabalar magistraturaga tavsiya qilinib, soha tashkilotlari tomonidan ishga taklif etish takliflari ham bildirildi.

Tadbirlar

 225

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Talabalar teatr studiyasi" boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 16-maydagi yigʻilish bayonida, "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida yozgi taʼtil davrida Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Talabalar teatr studiyasi" boʻlib oʻtdi.Tadbirni Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor S.Mardov ochib berdi hamda barcha ishtirokchilarga omad tiladi.Talabalar tomonidan "Kelinlar qoʻzgʻaloni", "Jadidlar hayoti" ga bagʻishlangan sahna koʻrinishi namoyish etildi. Unda ishtirok etgan barcha talabalar koʻtarinki ruhda, kuy-qoʻshiqlarga raqsga tushib, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazdilar.

E'lonlar

 284

Bitiruvchilar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi tomonidan “Yoshlarning kasbiy rejalari va chet elda ishlashga tayyorligi” mavzusida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.Ushbu so‘rovnoma orqali bitiruvchilarning hozirgi holati, kelajakdagi kasbiy rejalari hamda xorijda o‘qish yoki ishlashga bo‘lgan tayyorgarligi yuzasidan ma’lumotlar to‘planadi. Olingan natijalar asosida yoshlarga mos ta’lim va kasb-hunarga oid dasturlarni shakllantirish rejalashtirilmoqda.So‘rovnoma ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlari to‘liq maxfiylikda saqlangan holda amalga oshiriladi.Hurmatli bitiruvchi! Sizni quyidagi havola orqali so‘rovnomada faol ishtirok etishga taklif qilamiz. Iltimos, barcha savollarga to‘liq va samimiy javob bering.So‘rovnomahavolasi Manzil

Tadbirlar

 243

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Moskva davlat qurilish universiteti va Toshkent arxitektura-qurilish universiteti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida geotexnika sohasidagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir mehmoni — Moskva davlat qurilish universiteti Gruntlar mexanikasi, poydevorlar va asoslar kafedrasi mudiri Chunyuk Dmitriy Yurievich bo‘ldi.Seminar davomida zamonaviy geotexnik muammolar muhokama qilindi, shuningdek, TAQU va MGSU o‘rtasida geotexnik qurilish yo‘nalishida qo‘shma ta’lim dasturlarini yaratish bo‘yicha fikr almashildi. Tadbirda Toshkent arxitektura-qurilish universitetining professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrantlar va tayanch doktorantlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi loyihalash tashkilotlarining yetakchi mutaxassislari ishtirok etdi.

Yangiliklar

 234

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida sport turlari boʻyicha musabaqa boʻlib oʻtdi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari oʻrtasida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Jismoniy tarbiya va sport fan oʻqituvchilari boshchiligida talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish hamda sportga boʻlgan e'tiborni kuchaytirish maqsadida sport turlari boʻyicha musabaqa boʻlib oʻtdi.