Yangiliklar

Yangiliklar

 396

Universiteti rektori v.v.b B. Tulaganov boshchiligidagi delegatsiya TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetiga tashrif buyurdi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektoriv.v.b  B. Tulaganov boshchiligidagi delegatsiya TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetiga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif davomida ikki universitet o‘rtasida ilmiy-texnik va ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, yangi tashabbuslar va loyihalar bo‘yicha fikr almashish kabi muhim masalalar muhokama qilindi. Uchrashuvda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.- Geotexnika ilmiy-innovatsion qo‘shma laboratoriyasini tashkil etish konsepsiyasini ishlab chiqish, Ikki universitet o‘rtasida geotexnika sohasida ilmiy-innovatsion qo‘shma laboratoriya tashkil etish bo‘yicha konsepsiya ishlab chiqilishi va amaliyotga tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan.- Qurilish muhandisligi maktabi faoliyatiga ikki universitet xodimlarini jalb etish, TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetida tashkil etilgan qurilish muhandisligi maktabi faoliyatida ikki universitetning xodimlari hamkorlikda ishtirok etishlari rejalashtirilgan.- Oqova kanallarni betonlash bo‘yicha ishchi guruh tashkil etish, Oqova kanallarni betonlash sohasida ikki universitet olimlari hamkorligida ishchi guruh tashkil etish va ushbu sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish masalalari ko‘rib chiqildi.- Ilmiy hamkorlik va maqolalar chop etish, Qurilish muhandisligi, gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish, shuningdek, gidrotexnika va geotexnika muhandisligi yo‘nalishlarida tahsil oluvchi talabalar va soha olimlari o‘rtasida hammualliflikda maqolalar chop etish hamda xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihalarida ishtirok etish rejalashtirilgan.- Megaloyihalarni amalga oshirish: Qurilish sohasidagi yirik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish va ularni birgalikda boshqarish masalalari muhokama qilindi.- Ushbu tashrif va uchrashuv natijasida ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va yangi ilmiy-texnik yutuqlarga erishish maqsadida bir qator qadamlar ko‘rilishi kutilmoqda.

Yangiliklar

 298

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti uch tomonlama kelishuv imzoladi.

Toshkent Turin politexnika universiteti, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti hamda Italiyaning Politecnico di Torino universitetlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha umumiy kelishuv imzolandi.Mazkur kelishuv ikki davlatning ta’lim va ilmiy tadqiqot sohalarida yanada chuqur integratsiyani rivojlantirishga qaratilgan. Hamkorlik doirasida quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat olib borilishi rejalashtirilmoqda:Muhandislik va arxitektura yo‘nalishlarida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish;Ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar ustida birgalikda ishlash;Talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi orqali tajriba almashish.Mazkur kelishuv milliy va xalqaro darajada ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Hamkorlik – kelajakning muvaffaqiyatli poydevori!

Tadbirlar

 384

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida rektor v.v.b. B.Tulaganovning tayanch doktorantlar va doktorantlar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida rektor v.v.b. B.Tulaganovning tayanch doktorantlar va doktorantlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.  Uchrashuv davomida izlanuvchilar o‘z ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha savol-javoblar o‘tkazishdi va muhim masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, doktorantlar uchun ilmiy izlanishlarini samarali davom ettirishga mo‘ljallangan, zamonaviy texnik baza bilan jihozlangan maxsus xona ajratilib, foydalanishga topshirildi. Bu tashabbus tadqiqotchilarning ishlarini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Tadbirlar

 321

Toshkent Arxitektura-Qurilish Universitetining iqtidorli talabalari taqdirlandi!

Toshkent Arxitektura-Qurilish Universitetining iqtidorli talabalari taqdirlandi!Quyidagi talabalar davlat stipendiyalariga sazovor bo'ldilar:Umarkulova Shaxodat Mashrab qiziO'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibasi.Ne'matjonova Mahliyo Nizomjon qiziNavoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi.Xolyorova Maftuna Azamat qiziBeruniy nomidagi davlat stipendiyasi g'olibasi.Ular Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti rektori v.v.b. B. Tulaganov tomonidan  taqdirlandilar. Tabriklaymiz! Talabalarimizga kelgusi ilmiy izlanishlarida muvaffaqiyat tilaymiz!

Yangiliklar

 338

Xalqaro xamkorlik.

Toshkent arxitektura-qurilish universitetining “Arxitektura” fakulteti  professor  oʻqituvchilari  Turkiyada  boʻlgan xizmat safari davomida Istanbul Universitetida uchrashuv bo'lib o'tgani haqida xabar  bergan edik.Uchrashuvda ikki universitet oʻrtasida hamkorlik memorandumni imzolashga kelishilgan edi.  Kuni kecha Toshkent Arxitektura qurilish Universiteti rektori v.v.b  B.Tulaganov tomonidan ushbu memorandum imzolandi.Memorandum shartlariga ko'ra endilikda  ilmiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish, yozgi taʼlim maktablarini tashkil etish, talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish hamda ilmiy maqolalar boʻyicha hamkorlikni kengaytirish kabi masalalar nazarda tutilgan.Eslatib o'tamiz! Istanbul Universitetida bugungi kunda  17 ta fakultetda 48000 ta talaba tahsil oladi. Universitet  QS reytingida dunyo universitetlari orasida 621-oʻrinni egallab, xalqaro ilmiy va akademik hamkorlikda yuqori natijalarga erishib kelmoqda. Ushbu memorandum ikki universitet oʻrtasida akademik hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berdi.

Tadbirlar

 313

Satira teatrida rahbar xodimlar, professor-o'qituvchilar, xodimlar hamda talabalar bilan ma'daniy hordiq.

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar prorektori S.Mardov boshchiligida Oʻzbekiston Davlat Satira teatriga borildi.Unda muallif Sh.Mahkamovning "Quticha" asari rejissor M.Xoliqov tomonidan sahnalashtirilgan. Spektakl komediya janrida boʻlib, unda boylikka osonlikcha erishib boʻlmaslik, qoʻshnilar bilan mehr oqibatni buzmaslik hamda oila muqaddasligi haqida aks etgan.Universitet xodimlari va talabalari komediya janrli ushbu spektakldan maʼnaviy ozuqa olishdi.

E'lonlar

 346

Diqqat e'lon!

Quvayt bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari, yirik qo‘shma anjuman tashkil qilish, O‘zbekiston oliygohlarida Quvayt ko‘magida laboratoriyalar yaratish kabi aniq va istiqbolli loyihalar hamda investitsiyalarni va texnik ko‘makni jalb qilishni nazarda tutuvchi takliflar ro‘yxati shakllantirilmoqda.Ma’lumot uchun: 2017-yil 8-fevralda Al-Quvayt shahrida “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Quvayt Davlati Hukumati oʻrtasida oliy taʼlim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim” imzolangan (bitim matni bilan tanishish uchun havola – https://lex.uz/uz/docs/-3580202#-3580298).

E'lonlar

 287

Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar uchun bakalavr va magistrlik o'quv dasturlariga grantlar.

Bruney Tashqi ishlar vazirligi Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar uchun bakalavr va magistrlik o'quv dasturlariga grantlar ajratilganini ma'lum qiladi. Arizalar 2025-yil 15-fevralga qadar https://www.mfa.gov.bn/Pages/online-bdgs.aspx havolasi orqali qabul qilinadi hamda tanlov tartibi, shartlari va boshqa jihatlari yuzasidan batafsil ma'lumotlarni ham ushbu havola orqali olishingiz mumkin.Tanlovdan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar 2025-yil avgustdan boshlab quyidagi universitetlardan birida ta'lim olishi mumkin:1. Universiti Brunei Darussalam (https://ubd.edu.bn/);2. Universiti Islam Sultan Sharif Ali (https://unissa.edu.bn/);3. Universiti Teknologi Brunei (https://www.utb.edu.bn/);4. Kolej Universiti Perguruan Ugama Seri Begawan (https://www.kupu-sb.edu.bn/Theme/Home.aspx) ;5. Politeknik Brunei (https://pb.edu.bn/).

Yangiliklar

 638

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rahbariyati "TASHGIPROGOR" AJ bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilish maqsadida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rahbariyati "TASHGIPROGOR" AJ bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilish maqsadida uchrashuv bo'lib o'tdi. Ushbu uchrashuv davomida o'zaro hamkorlik istiqbollari, loyihalash va qurilish sohasidagi tajriba almashish, shuningdek, kelgusida qo'shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Bu tashabbus ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.