Yangiliklar

E'lonlar

 344

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Registration office" faoliyat yuritmoqda!

Talabalar va abituriyentlar uchun muhim yangilik!Endi universitetimizda "Registration office" ishga tushdi. Ushbu ofis sizga:Hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishRasmiy ma’lumotnomalar olishTa’lim jarayoni bilan bog‘liq savollarga javob topishda yordam beradi.

Tadbirlar

 384

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Qurilish fakulteti tyutorlari va talabalari bilan “Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi” hamda “Oʻzbekiston tasviriy san’at galereyasi”ga ekskursiya tashkil etildi

1879-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi 250 mingdan ortiq tarixiy buyum va artefaktlarni o‘zida jamlagan bo‘lib, qadimgi tosh asridan to hozirgi kungacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. Talabalar muzey xodimlari tomonidan berilgan qiziqarli ma’lumotlarni tinglab, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Shuningdek, Oʻzbekiston tasviriy san’at galereyasi mamlakatimizning boy madaniy merosini saqlash, o‘rganish va keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi. Unda Oʻzbekiston rang-tasvir san’ati namunalari jamlangan bo‘lib, talabalar milliy san’atimizning tarixiy rivojlanishi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Tadbirlar

 325

"Biz sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz"

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Biz sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz" mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi OITSga qarshi kurash markazining vrach epidemiolog S.Abidova, fakultet dekan muovinlari, universitet professor-oʻqituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.  Bundan maqsad universitet talaba-yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, OIV/ OITS kasalligining yuqish yoʻllari, patogenezi, epidemiologiyasi, kasallikning klinik belgilari va profilaktikasini oldini olishga qaratilgan. Shuningdek universitet hovlisida bepul tibbiy ko'rik tashkillashtirildi.

Yangiliklar

 537

OTM rektorlari o'rtasida “Vazir kubogi” sport musobaqalari bo'lib o'tdi

Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti sport maydonlarida oliy ta’lim muassasalari rektorlari o‘rtasida “Vazir kubogi” sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamda Milliy Paralimpiya qo‘mitasi rahbariyati, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdilar.Musobaqalar doirasida Toshkent shahridagi barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari mini futbol, stol tennisi va shaxmat bo‘yicha bellashdilar.Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori v.v.b. Baxrom Tulaganov ham ushbu sport musobaqalarida faol ishtirok etdi. “Vazir kubogi” oliy ta’lim muassasalari rahbarlari o‘rtasida sportni keng targ‘ib qilish, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash hamda jismoniy faollikni oshirish maqsadida tashkil etilgan.

Tadbirlar

 316

Muxandislik kommunikasiyalari kafedrasi professor-o`qituvchilari va talabalari “УзАвтомоторс Поwертраин” korxonasiga tashrif buyurdilar

Korxonaning muxandislik tizimlari bilan tanishdilar. Korxonadagi suv tozalash inshootini yaqindan o`rganib, inshootni takomillashtirish bo’yicha fikrlar almashdilar. Shu bilan birga korxona bilan malakaviy amaliyotlarni tashkil etish, hamda xo`jalik shartnomasi asosida muxandislik tizimlariga oid masalalarni yechish kelishib olindi.

Tadbirlar

 345

“Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularning iqtidorlarini yuzaga chiqarish maqsadida “Yurtim qadriyatlari” Respublika ko‘rik-tanlovi e’lon qilingan edi. 28-fevral kuni Toshkent shahri oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ushbu tanlovning hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik-tanlovda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti jamoasi faol ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni egalladi.  Hududiy bosqichda ishtirok etgan barcha talabalarni tabriklaymiz va siz bilan faxrlanamiz!

Tadbirlar

 756

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Zokirjon Xolmuhammad oʻgli Furqat tavalludining 166 yilligi hamda Oʻzbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligi munosabati bilan tadbir oʻtkazildi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Zokirjon Xolmuhammad oʻgli Furqat tavalludining 166 yilligi hamda Oʻzbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligi munosabati bilan tadbir oʻtkazildi.Unda Oʻzbek Milliy Akademik drama teatri aktrisasi Xadjimurotova Shaxnoza ishtirok etib, shoira Zulfiyaxonimning koʻngilga manzur boruvchi sheʼrlaridan oʻqib berdi. Tadbir davomida shoirlarning hayoti va ijodidan viktorina oʻtkazildi, faol ishtirok etgan yoshlarga sovgʻalar berildi. Talabalar tomonidan  ijodkorlarning hayoti va ijodidan sahna koʻrinishlari hamda goʻzal kuy-qoʻshiqlar ijro etishdi. 

E'lonlar

 316

To‘raxanov Safarali Ibrohimovichning (PhD) dissertatsiyasi muhokamasiga taklif etamiz

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.26/30.12.2019.Т.11.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar yig‘ilishi 2025 yil 13 mart kuni soat 11:30 da o‘tkazilishi va uning kun tartibida quyidagi dissertatsiya muhokama etilishi belgilandi:Talabgor To‘raxanov Safarali Ibrohimovich 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari” ixtisosligi bo‘yicha “O‘z-o‘zidan zichlashuvchi keramzitbetonning tarkibi va xossalari” mavzusida tayyorlagan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi. Ilmiy rahbar: t.f.d., prof.  X.X. KamilovManzil: Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi 9-uy, 4-bino, 5-qavat faollar zali. Tel/faks: (55) 508-50-14, 508-03-12, e-mail:devon@taqu.edu.uz

E'lonlar

 344

Abdazov Dilshod Raxmadjon o‘g‘lining (PhD) dissertatsiyasi muhokamasiga taklif etamiz

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.26/30.12.2019.Т.11.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar yig‘ilishi 2025-yil 13-mart kuni soat 10:00 da o‘tkazilishi va uning kun tartibida quyidagi dissertatsiya muhokama etilishi belgilandi:Talabgor Abdazov Dilshod Raxmadjon o‘g‘li 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari” ixtisosligi bo‘yicha “Mahalliy xomashyo asosidagi o‘z-o‘zidan zichlashuvchi beton” mavzusida tayyorlagan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi. Ilmiy rahbar: t.f.d., prof.  X.X. KamilovManzil: Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi 9-uy, 4-bino, 5-qavat faollar zali. Tel/faks: (55) 508-50-14, 508-03-12, e-mail:devon@taqu.edu.uz