Yangiliklar
E'lonlar
401
Hurmatli talabalar, professor-o‘qituvchilar va universitet xodimlari!
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti halollik, adolat va shaffoflik tamoyillariga sodiq holda korrupsiyaga qarshi kurashishda qat’iy pozitsiyada turadi. Shu maqsadda universitetimizda “Komplayens nazorat” tizimi joriy etilgan bo‘lib, u ta’lim jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvi, tamagirlik, poraxo‘rlik, vositachilik, firibgarlik, tanish-bilishchilik, mahalliychilik kabi korrupsion holatlarning oldini olish va ularning oldini olish uchun samarali choralar ko‘rishga xizmat qiladi.Universitet jamoasi barchani korrupsiyaga qarshi kurashda faol ishtirok etishga chaqiradi!Agar sizImtihon va nazorat ishlari davomida noqonuniy holatlarga duch kelsangiz;Bitiruv malakaviy ishi yoki boshqa akademik jarayonlarda noqonuniy talablar qo‘yilayotganini sezsangiz;Ta’lim jarayonida adolatsizlik yoki shaffoflik buzilishining guvohi bo‘lsangiz,bu haqida darhol xabar berishingizni so‘raymiz.Sizning murojaatingiz qat’iy maxfiylik asosida ko‘rib chiqiladi hamda har bir holat bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.Murojaat uchun ishonch kanallari:https://t.me/taqu_corruption_botTelegram manzili: Havola (https://t.me/+BdbC_xxB_k9jMzZi)Elektron pochta: m.iskdjanov@taqu.uzIshonch telefoni: +998 55 508 03 14Unutmang! Adolatli va shaffof ta’lim muhitini yaratish har birimizning burchimizdir. Birgalikda korrupsiyaga qarshi kurashib, halol va pok kelajak sari intilaylik!
E'lonlar
360
E'lon
Joriy yilning 12-13-iyun kunlari Ashxobod shahrida Turkmaniston ilm-fani kuniga bagʻishlangan “Qudratli davlatning yangi uygʻonish davrida fan, texnika va innovatsion texnologiyalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya boʻlib oʻtishini e’lon qilamiz.Konferensiya bo‘yicha batafsil https://tsuull.uz/sites/default/files/25438_1.pdf
Tadbirlar
358
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Knauf Xorijiy Korxonasining hamkorligi doirasida Innovatsion ta’lim va amaliy tajriba
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va “Knauf” xorijiy korxonasi o‘rtasidagi hamkorlik zamonaviy qurilish materiallari va texnologiyalarini o‘rgatishga yo‘naltirilgan innovatsion ta’lim hamda amaliy tajribalarni taqdim etish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur hamkorlik doirasida TAQU konsultatsiya markazi hamda “KNAUF GIPS BUXORO” XK MCHJ axborot markazlari orqali talabalar sohadagi ilg‘or texnologiyalar bilan tanishish, nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Shuningdek, Knauf tomonidan tashkil etilayotgan maxsus o‘quv kurslari va seminarlar talabalar bilimlarini kengaytirish hamda kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
E'lonlar
423
“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasida joylashgan oliy ta’lim muassasalarida bakalvriat va magistratura bosqichlarini tamomlayotgan talabalar o‘rtasida tanlov e’lon qiladi.Tadqiqot ishi ijtimoiy himoya doirasida bo‘lishi va quyidagi mavzularni qamrab olish zarur!Ijtimoiy himoya siyosatiKambag‘allikni baholash va qisqartirishNogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiylashuviFaol va sog‘lom keksayishParvarishlash iqtisodiyotiAyollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikOta-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasiMigrantlar va ularning oilalarini ijtimoiy himoya qilishIjtimoiy himoyada xulq-atvor iqtisodiyotiAdolatli o‘tish davrida aholining muhtoj qatlamlarini himoya qilishRasmiy va norasmiy sektor ishchilarini ijtimoiy himoya qilishIjtimoiy himoya tizimini raqamlashtirish.Mukofotlar1-o‘rin: Noutbuk2-o‘rin: Plaud3-o‘rin: PlanshetTanlov haqida qo‘shimcha ma’lumotlar Ijtimoiy himoya institutining Telegram kanalida https://t.me/ihri_uzb e’lon qilib boriladi.
Tadbirlar
389
"Behbudiy asarlarini o'qib, mulohaza qilamiz"
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Yoshlar ittifoqi koordinatorlari tomonidan "Behbudiy asarlarini o'qib, mulohaza qilamiz" mavzusida kitobxonlik kechasi o'tkazildi.Buyuk ma'rifatparvar, yozuvchi, publitsist, dramaturg va jamoat arbobi, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri - Mahmudxo'ja Behbudiyning faoliyati, asarlari va boy adabiy merosi haqida suhbat bo'lib o'tdi.Kitobxonlik kechasida talabalar o'zlarining Alloma ijodi haqidagi fikrlarini bildirib o'tishdi.
Yangiliklar
651
Yangi tashabbuslar: O‘zbekistondagi “aqlli” va raqamli boshqaruvga ega shaharlar
Shaharlar kengayishi va aholi sonining ko‘payishi bilan xavfsizlik, barqarorlik hamda samaradorlikni ta’minlaydigan aqlli texnologiyalarga ehtiyoj ortib boraveradi. Demak, aqlli infratuzilma va raqamli boshqaruvga ega shaharlar zamon talabiga aylanmoqda.– Umuman, aqlli shahar tushunchasi nimani anglatadi, uni tashkil etish asoslari va sabablari nimada? – Bugun dunyo bo‘ylab shaharlar hayoti sifati va barqaror samaradorligi uchun raqamli innovatsiyalarning o‘rni qanday? Ayni yo‘nalishda O‘zbekistonda qanday tashabbuslar ilgari surilmoqda?– Mukammal “Aqlli shahar” infratuzilmasini shakllantirish “nol”dan bo‘ladi? Deylik, aholi istiqomat qilib kelayotgan istalgan shaharni infratuzilma bilan ta’minlab “aqlli shahar”ga aylantirish mumkinmi? – Investitsiya jalb qilishda “Aqlli shahar” siyosatining ahamiyati qanday?Manba: https://uza.uz/posts/695822
Yangiliklar
409
Hurmatli va mo‘tabar ayollar!
Bahor faslining ilk kunlari bilan kirib kelgan ezgu bayram – 8-mart, Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan sizlarni samimiy muborakbod etaman! Siz, azizlar, nafosat va ezgulik timsoli, mehr-oqibat va sabr-qanoat manbaisiz. Jamiyatimiz ravnaqi, ayniqsa, ta’lim va ilm-fan sohalaridagi yuksalishlar sizning fidokorona mehnatingiz va donoligingiz bilan chambarchas bog‘liq. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti jamoasida ham sizning sa’y-harakatlaringiz tufayli katta yutuqlarga erishilmoqda, yosh avlodga yuksak saviyada bilim va tarbiya berilmoqda. Sizga mustahkam sog‘lik, cheksiz baxt, oilaviy farovonlik va faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman! Hayotingiz bahoriy iliqlik, quvonch va ezgulik bilan to‘lsin!Bayramingiz muborak bo‘lsin!Hurmat bilan,Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori v.v.b. B. A. Tulaganov.
Tadbirlar
401
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Muhandislik fakulteti talabalari bilan Xazrati Imom majmuasiga ekskursiya uyushtirdi.
Toshkentning eski mahallasi Sebzorda asrlar bo‘yi qurilib kelgan tarixiy-me’moriy obidalarning to‘liq majmuasidan iborat Xazrati Imom maydoni joylashgan. Olimlar fikricha, bu oldin Shosh deb atalgan shahar markazi bo‘lgan. Tarixiy binolar ansambli islomning Toshkentdagi birinchi imomi va targ‘ibotchisi Qaffol ash-Shoshiy mozori atrofida paydo bo‘la boshladi va maydonga “Hazrati Imom ” nomi berilgan.
Tadbirlar
381
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Ayolga ehtirom” haftaligi doirasida “Bahor gullaridan yaralgan ayol” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
Tadbirda universitet rektori B.Tulaganov soʻzga chiqib, avvalo yurtimizga tashrif buyurgan yasharish, yangilanish fasli boʻlgan bahor bayrami bilan barchani tabrikladi. Tabiatning uygʻonishi, yangi hayot nafasining ufurishi hayotimizga goʻzallik, qalblarimizga mehr-muhabbat olib kiruvchi ayollarimizning bayrami bilan hamohang. Shuningdek ushbu qutlugʻ ayyom “8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan universitet ayollar jamoasini, talaba qizlarimizni, shuningdek, yurtimizdagi barcha onalar, opa-singillarimizni chin dildan muborakbod etgan holda tadbirni ochib berdi. Bayram tadbirida elimizning sevimli san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, musiqiy chiqishlar va sahna ko‘rinishlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
