Yangiliklar
E'lonlar
214
Begmatova Dildor Akramovnaning Arxitеktura bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Begmatova Dildor Akramovnaning 18.00.02 – «Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq aholi punktlarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi» ixtisosligi bo‘yicha “Arxitekturada ko‘p funksiyali jamoatchilik binolari innovatsion yechimlarning o’ziga xosliklari” mavzusidagi Arxitеktura bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkеnt arxitеktura qurilish univеrsitеti huzuridagi ilmiy darajalar bеruvchi DSc.03/2026.09.01.А.01.М raqamli ilmiy kеngashning ilmiy seminarida 2026-yil 14-iyul kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. Manzil: Tashkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti (4 - bino, majlislar zali). E-mail: devon@taqu.uz Batafsil...
E'lonlar
168
Kuchimov Ma’ruf Kuchimovichning Pedagogika bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Kuchimov Ma’ruf Kuchimovichning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Arxitektura) ixtisosligi bo‘yicha “Arxitektura va dizayn yoʻnalishi bitiruvchilarini kasbga yoʻnaltirish metodikasini axborot almashish jarayonlarini optimallashtirish asosida takomillashtirish” mavzusidagi Pedagogika bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkеnt arxitеktura qurilish univеrsitеti huzuridagi ilmiy darajalar bеruvchi DSc.03/2026.09.01.А.01.М raqamli ilmiy kеngash asosidagi bir martalik ilmiy kengashning ilmiy seminarida 2026-yil 15-iyul kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. Manzil: Tashkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti (4 - bino, majlislar zali). E-mail: devon@taqu.uz Batafsil...
E'lonlar
164
Mansurova Nodiraxon Shokirjonovnaning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot institutining ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishining himoyasi bo‘lib o‘tadi. Tadqiqotchi: Mansurova Nodiraxon Shokirjonovna ⛳️ Sana: 2026-yil 26-iyun ⏳ Vaqt: 15:00 🔄Barcha professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar hamda qiziquvchilarni mazkur himoya jarayonida ishtirok etishga taklif etamiz.
E'lonlar
166
Chundigarx xususiy universiteti tomonidan 2026/2027-o‘quv yili uchun “Elchi stipendiyasi”ga qabul boshlandi
Hindistonning Panjob shtati, Mohali shahrida joylashgan Chundigarx xususiy universiteti tomonidan 2026/2027-o‘quv yili uchun “Elchi stipendiyasi”ga qabul boshlangani ma’lum qilingan. Unga ko‘ra, universitetning bakalavriat, magistratura va PhD bosqichlarida ta’lim olish uchun kontrakt to‘lovlariga 50 foizgacha chegirma taqdim etilishi nazarda tutilgan. Dastur doirasida har bir mamlakat uchun 30 ta o‘rin ajratilgan bo‘lib, universitetda muhandislik va texnologiyalar, biznes va boshqaruv, aniq va tabiiy fanlar, tibbiyot va farmatsevtika, gumanitar fanlar hamda dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim beriladi. Dasturda ishtirok etishni istagan nomzodlar joriy yil 23-iyunga qadar maktab/kollej yoki OTT diplomi, transkripti hamda pasport nusxasini (telegram: @khusan4499) taqdim etishingiz so‘raladi.
E'lonlar
212
Amonov Mexriddin Oromiddinovichning iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Amonov Mexriddin Oromiddinovichning 08.00.13 - “Menejment” va 08.00.15 – “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti” tutash ixtisosliklari boʻyicha “Qurilishda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2026.09.01.I.04.M raqamli Ilmiy Kengash asosidagi bir martalik Ilmiy Kengashning 2026-yil 30-uyun kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 4-bino 5-qavatda Faollar zalida (Bosh bino 502-majlislar zali). E-mail: devon@taqu.uz Onlayn ko’rish uchun havola: Batafsil…
E'lonlar
232
Allasugirov Nurmuxammed Baxtiyarovichning iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Allasugirov Nurmuxammed Baxtiyarovichning 08.00.03 - “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha “Resurs tejamkor qurilish materiallarni ishlab chiqarish samaradorligi oshirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muhokamasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2026.09.01.I.04.M raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 30-iyun kuni sanasida soat 16:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bosh bino 5-qavatda majlislar zalida E-mail: devon@taqu.uz Onlayn ko’rish uchun havola: Batafsil…
E'lonlar
186
ATLAS tashabbusi doirasida oliy ta’lim muassasalarining sun’iy intellekt sohasidagi salohiyatini baholash va xalqaro hamkorlik dasturlarida ishtirok etish uchun tanlov
ATLAS tashabbusi doirasida oliy ta’lim muassasalarining sun’iy intellekt sohasidagi salohiyatini baholash va xalqaro hamkorlik dasturlarida ishtirok etish uchun tanlov e’lon qilingan. Shu munosabat bilan Jahon banki tomonidan yuborilgan hujjatlar bilan tanishib chiqib, quyidagi havola https://forms.office.com/r/BkgD6ynnhk orqali tanlovda ishtirok etishingizni so‘raymiz.Batafsil… Batafsil…Batafsil…
Tadbirlar
192
“Nafislik sari” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti tashkil etildi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talaba-yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan kulolchilik yo‘nalishidagi “Nafislik sari” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti tashkil etildi. Mazkur to‘garak talaba-yoshlarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, milliy hunarmandchilik an’analarini keng targ‘ib etish, ularni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb va hunarlarga yo‘naltirish hamda bandligini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar kulolchilik san’atining tarixi, loyga ishlov berish usullari, buyumlarga shakl berish, bezak elementlarini yaratish va mahsulotlarni tayyorlashning amaliy bosqichlari bilan yaqindan tanishdilar. To‘garak a’zolari tajribali mutaxassislar ko‘magida turli xil sopol buyumlar tayyorlash jarayonida o‘z mahoratlarini sinab ko‘rib, amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamladilar. Yaratuvchanlikka asoslangan mashg‘ulotlar talabalarda sabr-toqat, estetik did, mas’uliyat va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. Tadbir davomida talabalarga kulolchilikning nafaqat san’at, balki istiqbolli kasb-hunar yo‘nalishi ekani, ushbu faoliyat orqali o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish va daromad manbaiga ega bo‘lish imkoniyatlari haqida ham batafsil ma’lumotlar berildi. “Nafislik sari” to‘garagi talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iste’dod va qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, milliy hunarmandchilikka qiziqishini oshirish hamda kelajakda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib shakllanishlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tadbirlar
168
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakultetida “Mohir qo‘llar” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi
Mazkur to‘garak talaba-qizlarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, amaliy ko‘nikmalarini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida ishtirokchi qizlar o‘zlarining mahorat va ijodkorlik salohiyatlarini namoyon etib, turli xil meva va sabzavotlardan kokteyllar tayyorlash, mahsulotlarga badiiy ishlov berish hamda karving san’atining nozik jihatlarini o‘rgandilar. Tadbir davomida yaratilgan kompozitsiyalar qizlarning estetik didi, yangicha fikrlashi va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etib, ishtirokchilarda jamoada ishlash, tashabbuskorlik va ijodiy yondashuvni shakllantirishga xizmat qildi. “Mohir qo‘llar” to‘garagi talaba-yoshlarning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dod va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
