Yangiliklar
Tadbirlar
178
“Tikuvchilik san’ati” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talaba-yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan “Tikuvchilik san’ati” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mazkur to‘garak talabalarning tikuvchilik yo‘nalishidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, kasbiy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni mehnatsevarlik va ijodkorlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar tikuvchilikning boshlang‘ich va amaliy bosqichlari, matolar bilan ishlash texnikasi, kiyim detallarini tayyorlash, bichish va tikish jarayonlari bo‘yicha zarur bilimlarga ega bo‘ldilar. To‘garak a’zolari o‘zlarining mahorat va ijodiy yondashuvlarini namoyon etib, turli buyumlar va kiyim elementlarini tayyorlash jarayonida amaliy tajriba orttirdilar. Mashg‘ulotlar talabalarda aniqlik, mas’uliyat, sabr-toqat va estetik didni shakllantirishga xizmat qildi. Tadbir davomida ishtirokchilarning kasbiy qiziqishlari yanada mustahkamlanib, ularning mustaqil faoliyat yuritish va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. “Tikuvchilik san’ati” to‘garagi talaba-yoshlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ularni zamonaviy kasb-hunar sirlariga o‘rgatish hamda iste’dod va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
E'lonlar
269
Professor-o‘qituvchilar uchun xalqaro malaka oshirish kurslari
Oliy ta’lim tizimi rahbar kadrlari va professor-o‘qituvchilari uchun xalqaro malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda. Mazkur dastur Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (OTTPKQTMOI), Xalqaro Nordik universiteti, Tallinn texnologiya universiteti (Estoniya) hamda Prime Education Finland (Finlandiya) ta’lim tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi asosida amalga oshiriladi. Dastur muddati:2026-yil 1–15-iyul – onlayn mashg‘ulotlar;2026-yil 17–28-avgust – “Ta’limda sun’iy intellekt” mavzusidagi xalqaro malaka oshirish kurslari. Malaka oshirish o‘tkaziladigan davlatlar:LatviyaEstoniyaFinlandiyaShvetsiyaTurkiya Tinglovchilarga beriladiDavlat namunasidagi malaka attestati;Xorijiy malaka oshirganlik sertifikati. Muhim ma’lumotlarXorijdagi malaka oshirish dasturi 12 kun muddatga mo‘ljallangan.Nomzodlardan xorijiy til bilish darajasi talab etilmaydi.Mashg‘ulotlar va tashriflar uchun tarjimonlar jalb qilinadi. Hujjatlarni topshirish muddatiNomzodlar ro‘yxatini tasdiqlangan holda 2026-yil 20-iyunga qadar taqdim etish so‘raladi. Qo‘shimcha ma’lumotMalaka oshirish kursi haqida batafsil ma’lumot: http://nordictraining.uz/Hujjatlarni yuborish uchun 📧 niu_edu@exat.uz📱 Telegram: @yuldashev0121nordictraining.uzNordic TrainingNordic Training - Xalqaro Nordik universitetining maxsus xorijiy malaka oshirish dasturi. Batafsil…
E'lonlar
213
“Serbiya dunyosi” loyihasi doirasida grant dasturi
SERBIYA RESPUBLIKASIDA DAVLAT GRANTI ASOSIDA TAHSIL OLISH IMKONIYATI Hurmatli talabalar va yosh tadqiqotchilar! “Serbiya dunyosi” loyihasi doirasida O‘zbekiston fuqarolari uchun 2027/2028-o‘quv yilida Serbiya Respublikasida serb tilini o‘rganish hamda Serbiya universitetlarida davlat granti asosida tahsil olish uchun 1 ta o‘rin ajratildi. 📌 Nomzodlar hujjatlarini 2025-yil 26-iyun sanasiga qadar quyidagi elektron manzilga yuborishlari lozim: 📧 worldinserbia@prosveta.gov.rs 📋 Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: • Bakalavriat uchun — yoshi 21 dan oshmagan bo‘lishi; • Magistratura uchun — yoshi 25 dan oshmagan bo‘lishi; • Doktorantura uchun — yoshi 35 dan oshmagan bo‘lishi. 🎓 Ta’lim darajasi bo‘yicha talablar: • Bakalavriatga hujjat topshiruvchilar 4 yillik to‘liq o‘rta ma’lumotga ega bo‘lishi; • Magistraturaga hujjat topshiruvchilar tegishli bakalavr darajasiga ega bo‘lishi; • Doktoranturaga hujjat topshiruvchilar bakalavr va magistr darajalariga ega bo‘lishi kerak. 📊 Nomzodlarning o‘rtacha akademik ko‘rsatkichi kamida 80 foiz bo‘lishi talab etiladi. Batafsil...
E'lonlar
186
NIU MGSU xalqaro simpoziumi
XALQARO ILMIY-AMALIY SIMPOZIUMHurmatli professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar hamda soha mutaxassislari!Moskva Davlat Qurilish Universiteti (NIU MGSU) tomonidan 2026-yil 21–25-sentabr kunlari “Qurilish sohasining kelajagi: rivojlanish muammolari va istiqbollari” mavzusida IV Xalqaro ilmiy-amaliy simpozium o‘tkaziladi. 📍 O‘tkazilish joyi: Moskva shahri, Rossiya Federatsiyasi📅 Sana: 2026-yil 21–25-sentabr💻 Ishtirok shakli: oflayn va onlaynSimpoziumning asosiy yo‘nalishlari:• Arxitektura, shaharsozlik va hududlarni rivojlantirish;• Suv resurslarini boshqarish va ekologik muammolar;• Qurilishda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt;• Zamonaviy qurilish materiallari va innovatsion texnologiyalar;• Qurilish iqtisodiyoti, boshqaruv va ekspertiza masalalari;• Qurilish sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash.Simpozium ilmiy tajriba almashish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va zamonaviy qurilish sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun muhim maydon hisoblanadi. 📞 Telefon: +7 (499) 183-83-65📧 E-mail: MakarovaOM@mgsu.ru📧 E-mail: science@mgsu.ruQo‘shimcha ma’lumot uchun Tashkiliy qo‘mita bilan yuqoridagi aloqa vositalari orqali bog‘lanishingiz mumkin.
E'lonlar
176
Xakimov Qaxramon Qodirovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Xakimov Qaxramon Qodirovichning “05.09.01- Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar” ixtisosligi bo‘yicha “Kompozit profillar qoʻllanilishi orqali faxverk tizimlarining konstruktiv samaradorligini oshirish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2026.09.01.T.02.М raqamli Ilmiy kengash huzuridagi Ilmiy seminarning 2026-yil 30-iyin kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 4-bino 5-qavat Faollar zalida. E-mail: devon@taqu.uz Onlayn ko‘rish uchun havola: Batafsil…
E'lonlar
237
Xabibullayev Shavkat Azamatovichning texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Xabibullayev Shavkat Azamatovichning 05.09.05 - “Qurilish materiallari va buyumlari” ixtisosligi bo‘yicha “Organik to‘ldiruvchi va mineral bogʻlovchi asosidagi zichlangan plitalarning strukturasini aniqlash va samarador texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2026.09.01.T.02.М raqamli Ilmiy kengash huzuridagi Ilmiy seminarning 2026-yil 30-iyun kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 4-bino 5-qavat Faollar zalida. E-mail: devon@taqu.uz Onlayn ko’rish uchun havola: Batafsil…
E'lonlar
182
UNESCO-Al Fozan xalqaro mukofoti
YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi kotibiyatining Ilm-fan, texnologiyalar, muhandislik va matematika sohalaridagi yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha UNESCO-Al Fozan xalqaro mukofotining 2027-yilgi davrasi uchun nomzodlardan arizalar qabul qilinayotganligi ma’lum qilingan. Shu munosabat bilan, Sizdan oliy ta’lim tashkilotidagi munosib nomzodlarni aniqlab, ularning hujjatlarini joriy yilning 30-noyabr sanasiga qadar https://apply.unescoalfozanprize.org/register havolasi orqali taqdim etishingiz so‘raladi.
E'lonlar
121
Huquqiy axborot sifatida tarqatilishi koʻzda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati
Barchamiz bilishimiz zarur bo'lgan yangi huquqiy axborot sifatida tarqatilishi koʻzda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati
E'lonlar
201
XALQARO FOTOSURATLAR TANLOVIGA TAKLIF!
📸 XALQARO FOTOSURATLAR TANLOVIGA TAKLIF!🌍 YUNESKOning “Youth Eyes on the Silk Roads” (“Ipak yo‘li yoshlar nigohida”) 2026-yilgi xalqaro fotosuratlar tanlovi uchun arizalar qabuli boshlandi!Tanlov 14–25 yosh oralig‘idagi yoshlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ishtirokchilar o‘zlarining mualliflik fotosuratlari orqali Ipak yo‘lining boy madaniy merosi, an’analari, madaniy xilma-xilligi hamda uning zamonaviy talqinini namoyish etishlari mumkin. 📷 Kimlar ishtirok etishi mumkin?14–25 yoshdagi yoshlar;Fotosuratlar muallifi bo‘lgan ishtirokchilar;Ipak yo‘li merosi va madaniyatini ijodiy yondashuv bilan aks ettira oladigan nomzodlar. 📅 Hujjatlarni topshirish muddati: 2026-yil 30-iyun🔗 Ariza topshirish havolasi:UNESCO Silk Roads Photo Contest – ParticipateUNESCO tomonidan 2026-yil uchun “Youth Eyes on the Silk Roads” (“Ipak yo‘li yoshlar nigohida”) nomli xalqaro fotosuratlar tanloviga arizalar qabul qilinayotganligi ma’lum qilinadi.Shu munosabat bilan, tanlovda ishtirok etish uchun munosib nomzodlarni aniqlab, ularning hujjatlarini 2026-yil 30-iyunga qadar quyidagi havola orqali yuborishingiz so‘raladi: https://unescosilkroadphotocontest.org/en/participateHujjatlar YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi kotibiyatiga taqdim etilishi lozim.
