Yangiliklar
Tadbirlar
299
Qadriyatlaring boqiy boʻlsin, Navroʻz!
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida ayni daqiqalarda Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan "Qadriyatlaring boqiy boʻlsin, Navroʻz! bosh gʻoyasi asosida sumalak boʻlib oʻtmoqda. Yomgʻirli ob-havoga qaramasdan barcha universitet professor-oʻqituvchilari, xodimlari hamda talabalari oʻzbegimning milliy kuy-qoʻshiqlariga koʻtarinki kayfiyatda raqsga tushmoqdalar.
Tadbirlar
337
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida rektor B.A. Tulaganov universitetda amalga oshirilayotgan islohotlar va dolzarb masalalar yuzasidan talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Uchrashuv davomida universitetning xalqaro hamkorlik aloqalari, talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ish bilan ta’minlash masalalari, sport va ijtimoiy faoliyat hamda universitetning asosiy maqsad va vazifalari muhokama qilindi. Shuningdek, ta’lim jarayonining xalqaro standartlarga mos ravishda takomillashtirilishi, talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va universitet rahbariyati ularning har biriga batafsil javob berdi.
E'lonlar
213
E'lon
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “Arxitektura yodgorliklari”, “Iqtisodiyot va ko‘chmas mulk” va “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedra mudiri lavozimlariga qayta tanlov e’lon qiladi! Tanlovda qatnashish uchun arizalar e’lon chiqqan kundan boshlab bir oy ichida Yunusobod tumani, Yangi shahar ko‘chasi 9-uy, Bosh bino 601-xonada qabul qilinadi. Murojaat uchun telefonlar: +998 55 508 50 06, +998 99 813 05 17
E'lonlar
366
TAQUning Oliy ta’limdan keyingi talimida tahsil olayotgan izlanuvchilarni choraklik ichki monitoringdan o‘tkaziladi
https://taqu.uz/storage/files/2025-1%20chorak-20250326161428.pdf
Tadbirlar
340
"Ma'rifat darsi"
Tadbir davomida Prezidentning 2025-yil 5-martdagi nutqi tahlil qilinib, uning yoshlarga oid jihatlariga alohida e’tibor qaratildi. Prorektor talabalarga bilim va ma’rifatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida so‘zlab, ularni faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lishga, adolat va halollik tamoyillariga rioya qilishga undadi. "Yosh avlod tafakkuri va intellektual salohiyati kelajak rivojining asosiy omili. Shuning uchun biz ta’lim va ma’naviyatni ustuvor yo‘nalish sifatida ko‘rishimiz kerak", – dedi u. Mashg‘ulot davomida talabalar o‘z fikrlarini bildirishdi, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishning innovatsion yo‘llari bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Tadbirlar
305
O'zbek tili va adabiyot kafedrasi tomonidan ochiq dars bo'lib o'tdi
2025 yil 26 mart kuni 28-24 QMr guruhida Qurilish fakultetining 108-auditoriyasida “O’zbek tili” fanidan “Alisher Navoiy-so’z mulkining sultoni. Grammatika. So’z turkumlari” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Ochiq darsda “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professor-o’qituvchilari dotsent kafedra mudiri N.A.Aripova, katta o’qituvchilar O.G’G’ulomov,J.S.Dalakyan, Ch.A.Azimova, assistentlar G.Sh.Yuldasheva, O.N.Fattoyeva, Sh.Q.Jo’rayev, M.A.Eshonov, F.Sh.Salayevlar ishtirok etishdi. Ochiq dars yuqori saviyada tashkil etilgan bo’lib, talabalarga bajarishi uchun kerakli tarqatma materiallar bilan ta’minlandi.Talabalar ishni amalda bajarib, aniq natijalarga erishdilar. Ochiq darsda kompyuter, ekran, proektordan o’z o’rnida foydalanildi va o‘qituvchi tomonidan “Alisher Navoiy-so’z mulkining sultoni. Grammatika. So’z turkumlari” mavzusidagi prezentatsiya hamda videolavha namoyish etildi. Ochiq dars jarayonida talabalar tomonidan mavzu yaxshi o‘zlashtirilishi uchun to‘liq harakat qilindi. Har bir talaba Alisher Navoiyning ruboiy va g’azallaridan aytib berishdi. Dars jarayonida talabalarning barchasi faol ishtirok etishdi.
Tadbirlar
238
Faxriylar kengashi faxriysi Magametova Gulshaira Islamovna bilan davra suhbati bo'lib o'tdi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida shaharsozlik va arxitektura sohasida uzoq yillik tajribaga ega mutaxassis, Faxriylar kengashi faxriysi, “O‘zshaharsozlik LITI” DUK bosh me’mori Magametova Gulshaira Islamovna bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida G. Magametova o‘zining kamida 50 yildan ortiq mehnat faoliyati davomida amalga oshirgan yirik qurilish loyihalari haqida so‘zlab berdi. U G‘alaba va Navro‘z bog‘lari, Oloy bozori hamda bir necha yirik obyektlarning qurilishi va rekonstruksiyasida loyiha bosh arxitektori sifatida ishtirok etgan hamda mualliflik nazoratini amalga oshirgan. Tadbir davomida talabalar bilan qizg‘in davra suhbati o‘tkazilib, ularning savollariga javob berildi. Uchrashuv yosh mutaxassislar uchun ilhomlantiruvchi va manfaatli bo‘ldi.
E'lonlar
238
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti xodimlari diqqatiga!
Sizlarni joriy yilning 26-mart kunida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi O'zbek tili fani katta o’qituvchisi R.Sh.Turdibekova tomonidan “Alisher Navoiy-so'z mulkining sultoni. Grammatika. So'z turkumlari" mavzusida ochiq dars bo’lib o’tadi. 26-mart16:30 da 1-bino, 108-xonaBarcha xodimlarni faol ishtirok etishlarini va o'z fikr-mulohazalarini bildirishlarini so'raymiz.
Yangiliklar
268
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Milan universiteti o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga Italiyaning Milan universiteti prorektori, professor Davide Del Curto tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida tomonlar ilmiy-tadqiqot, akademik almashinuv va qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Mazkur uchrashuv universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish va ta’lim jarayonini xalqaro standartlarga moslashtirishga qaratilgan navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.
