Yangiliklar

Yangiliklar

 299

Bitiruvchi talabalarning “Bitiruv malakaviy ishi” himoyasi tashkil etildi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetining “Qurilish va atrof-muhit muhandisligi” kafedrasi tomonidan – Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi  hamda – Devorbop va pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan bitiruvchi talabalarning Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi oldida “Bitiruv malakaviy ishi” himoyasi tashkil etildi.Mazkur tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari bilan bir qatorda soha korxonalari vakillari ham ishtirok etdi.Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasiga Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti ijrochi direktori, texnika fanlari doktori, professor Aziz Abdulazizovich Baxodirov raislik qildi. Komissiya raisi o‘z nutqida himoya qilinayotgan bitiruv ishlarining dolzarbligi va ularning amaliy ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, zamonaviy qurilish sanoatida yuz berayotgan o‘zgarishlar, ekologik muammolarni bartaraf etishdagi innovatsion yondashuvlar, ushbu sohalarda yosh mutaxassislarning tutgan o‘rni va ularning salohiyatini yuksak baholadi.

Yangiliklar

 218

TAQU delegatsiyasining Tonji universitetiga tashrifi doirasidagi uchrashuvlar

Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrif bilan borgan Toshkent arxitektura-qurilish universiteti delegatsiyasi Tonji universitetining Qurilish materiallari va Dasturiy injiniring instituti faoliyati, shuningdek, ilmiy-innovatsion loyihalari bilan tanishdi. Tashrif davomida Tonji universitetining Seysmik xavfsizlik kafedrasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlik, xalqaro grantlar doirasida hamkorlik qilish, energiya samaradorligi, issiqlik izolyatsiyasi materiallarini ishlab chiqish, shuningdek, cho‘l qumlaridan samarali foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashildi. Shu bilan birga, ushbu yo‘nalishlarda qo‘shma tadqiqotlar olib borish hamda tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan takliflar bildirildi.

Yangiliklar

 263

O‘zbekiston delegatsiyasi Tonjin universitetining Seysmik laboratoriyasida bo‘ldi

Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Tonjin universitetining zamonaviy Seysmik tadqiqotlar laboratoriyasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida delegatsiya a’zolari laboratoriya faoliyati, yer silkinishlariga bardoshli qurilish texnologiyalari va tajriba stendlari bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuv chog‘ida tomonlar zilzilabardosh konstruksiyalar bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, ularning amaliy natijalari hamda o‘zaro tajriba almashinuvi masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish istiqbollari belgilab olindi.

Yangiliklar

 285

TAQU delegatsiyasi Tianjin shahridagi nufuzli oliy ta'lim muassasalari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

2025-yil 14-iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasi Maslahatchisi yordamchisi Toirxon Abbosxonov, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Rektori Baxrom Tulaganov, Rektor assistenti Akbar Suvonqulov hamda universitetning marketing bo‘yicha mutaxassisi Saidumarxon Abdimajitovdan iborat delegatsiya a’zolari Tianjin shahridagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan uchrashuvlar o‘tkazdilar.Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Tianjin universiteti Vitse-prezidenti Ming Dong boshchiligidagi universitet rahbariyati bilan muzokaralar olib bordilar. Uchrashuvda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti hamda Tianjin universiteti o‘rtasida talabalar almashinuvi, ilmiy-tadqiqot ishlari yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan ikki tomonlama kelishuv imzolandi. Kunning ikkinchi yarmida delegatsiya Tianjin Chenjian universitetiga tashrif buyurdi. Universitet Prezidenti Van Zhongliang boshchiligida o‘tkazilgan uchrashuvda tomonlar talabalar almashuvi, ilmiy tadqiqotlar, grant va investitsion loyihalar bo‘yicha yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, 2025/2026 o‘quv yiligacha ushbu yo‘nalishlarda “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib oldilar.

E'lonlar

 446

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimida tahsil olayotgan izlanuvchilar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli qarori hamda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektorining 2025-yil 16-iyundagi 3/37-sonli buyrug‘iga asosan, 2025-yil 30-iyundan 1-iyulgacha doktorantlar, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning faoliyati samaradorligi bo‘yicha yarim yillik ichki monitoring o‘tkaziladi.Barcha izlanuvchilardan monitoringda faol ishtirok etishlari so‘raladi.Monitoring o‘tkazish jadvaliSavolnoma

Yangiliklar

 291

Xalqaro hamkorlik

2025-yil 13-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Mahkamov Otabek Muxtorovich boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrif doirasida Chongqing universitetida bo‘ldi.Delegatsiya tarkibida Prezident Administratsiyasi maslahatchisi Abbosxonov Toirxon, Toshkent Arxitektura Qurilish Universiteti rektori Tulaganov Baxrom, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Xalqaro hamkorlik bo‘limi bosh mutaxassisi Nazirov Shoxrux, TAQU rektorining assistenti Akbar Suvonqulov va universitet marketologi Abdimajitov Saidumarxon ishtirok etdi.Tashrif chog‘ida Chongqing universiteti prezidenti Van Shuxin, vitse-prezident Li Jian, xalqaro ishlar bo‘yicha direktorlar va ilmiy institut vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Delegatsiya universitet muzeyiga tashrif buyurib, oliygoh tarixi bilan tanishdi. Kun ikkinchi yarmida Toshkent arxitektura-urilish universiteti va Chongqing universiteti o‘rtasida talabalar almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni nazarda tutuvchi ikki tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi.

E'lonlar

 246

Xalqaro hamkorlik

Xalqaro malakalar va baholash markazi (IQAC) tashabbusi bilan Toshkent Arxitektura-qurilish universitetida Britaniya ta'lim standardlari (RQF) asosida yangi professional dasturlarini joriy etish bo'yicha hamkorlik yo'lga qo'yilmoqda.Uchrashuv doirasida universitet rektori Dr. Bahrom To'laganov , IQAC direktori Xusnidin Xomidov , University of Wolverhampton vitse-kansleri Professor Ebrahim Adia va Xalqaro aloqalar bo'limi rahbari Dr. Robin Carey o'zaro muzokaralar olib bordilar.Uchrashuv yakunida O‘zbekiston oliy taʼlim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish, Toshkent Arxitektura-qurilish universitetida 1+3 va 3+1 formatidagi professional dasturlarni joriy etish, shuningdek, IQAC hamkorligida University of Wolverhampton’ning O‘zbekistondagi rasmiy taʼlim markazini (Delivery Centre) tashkil etish orqali talabalar uchun Britaniya diplomini olish imkoniyatini yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Tomonlar mazkur tashabbus O'zbekistonda ta'lim sifatini oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda mamlakatning mintaqaviy ta'lim markaziga aylanishida muhim qadam bo'lishini ta'kidladilar.

Tadbirlar

 211

Muammo emas, yechim izlaydigan jamiyatmiz!

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti professor oʻqituvchilari tomonidan Toshkent shahar Yunusobod tumani Yangibogʻ MFY hududidagi tarbiyasi ogʻir, ajrim yoqasidagi yosh oilalar bilan mahalla raisi ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.  Uchrashuvning maqsadi – yosh oilalardagi nizolarni bartaraf etish, oila mustahkamligini tiklash, farzand tarbiyasidagi mas’uliyatni oshirish hamda har bir oilani huquqiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

E'lonlar

 1919

TAQU da Qabul Boshlandi!

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 2025–2026 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlanganini e’lon qiladi! Batafsil bu yerda