Yangiliklar

Tadbirlar

 370

“Dizayn dunyosini oching” nomli ijodiy ko‘rgazma ochildi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti Dizayn yo‘nalishi 1-2-bosqich talabalari tomonidan tayyorlangan “Dizayn dunyosini oching” nomli ijodiy ko‘rgazma o‘z ishini boshladi.Mazkur ko‘rgazmada asosan Maketlash va Dizayn asoslari fanlari doirasida tayyorlangan hajmli kompozitsiyalar namoyish etilgan bo‘lib, ular Dizayn kafedrasi v.b. dotsenti Barsukova Ye.A. hamda dotsent Arziyev D.A. rahbarligida bajarilgan.Ko‘rgazmaning o‘ziga xos jihati – unda faqat hajmli kompozitsiyalar namoyish etilgani bo‘lib, ishlarda talabalar tomonidan qo‘l mehnati va texnika uyg‘unligida yaratilgan innovatsion yondashuvlar aks ettirilgan. Namoyish etilgan ishlar orqali talabalar interyer dizaynida zamonaviy uslublar — minimalizm, funksional ochiq makonlar, yorug‘lik texnologiyalari, xususan LED yoritish tizimlari bilan ishlash ko‘nikmalarini amaliy jihatdan namoyon etganlar.Shuningdek, ko‘rgazmada “Savdo pavilionlari” mavzusidagi maketlar ham o‘rin olgan bo‘lib, bu bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida dolzarb mavzulardan biri sanaladi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni samarali tarzda namoyish etish uchun zamonaviy va funksional muhit yaratish bo‘yicha talabalarning qarashlari aniq ko‘zga tashlanadi.Ko‘rgazmaga kirish so‘zi bilan universitetning Akademik faoliyat bo‘yicha prorektori R. Xodjayev chiqib, yosh dizaynerlarning mehnatini yuqori baholab, ularga ijodiy omadlar tiladi. Eslatib o'tamiz!  Ko‘rgazma 2025-yil 20-iyungacha davom etadi.

E'lonlar

 1811

“Ijtimoiy faollik indeksi”ni baholash metodikasi

Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarning “Ijtimoiy faollik indeksi”ni joriy etish toʻgʻrisida.Oliy taʼlim tashkilotlari hamda ularning filiallari talabalarining“Ijtimoiy faollik indeksi”ni baholash METODIKASI (o'zbekcha)Методика оценки«Индекса социальной активности» студентов высших образовательных организаций иих филиалов! Rus-tilidagi tarjimasi norasmiy tarjima hisoblanadi.

Tadbirlar

 234

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida xalqaro seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetining “Arxitektura” fakultetida Portugaliyaning nufuzli Porto universiteti professori, xalqaro ekspert Jose Luis Gomes ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.Mazkur uchrashuv  fakultet professor-o‘qituvchilari, doktorantlar va magistrantlar uchun o‘tkazilib, unda xalqaro ilmiy loyihalarda ishtirok etish, zamonaviy arxitektura yo‘nalishidagi loyihalarni bajarish, shuningdek, ilmiy maqolalarni xalqaro darajadagi, xususan, QS reytingiga kiruvchi ilmiy jurnallarda chop etishning barcha bosqichlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Professor Jose Luis Gomes seminar davomida maqola yozishning ilmiy-me’yoriy talablari, tahririy jarayon, nashr strategiyalari kabi muhim jihatlar yuzasidan atroflicha ma’lumot berdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi, shuningdek, xalqaro ilmiy hamkorlik yo‘nalishida tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Yangiliklar

 637

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti iUNRCga a’zo sifatida qabul qilindi

Ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining Chengdu shahrida “Bir makon, bir yo‘l” fan va texnologiya tashabbusi doirasida tashkil etilgan Tadqiqot hamkorligi uchun universitetlar tarmog‘i (iUNRC)ning Uchinchi Kengash yig‘ilishi va mavzuli ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.Ushbu muhim tadbirda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti ilk bor O‘zbekiston nomidan iUNRCga a’zo universitet sifatida rasman qabul qilindi. Ma’lumot uchun, 2025-yilda iUNRC tarkibiga Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bilan birga yana 3 ta nufuzli oliy ta’lim muassasasi — Indoneziyadan Institut Teknologi Bandung, shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasidan Hunan University va Sichuan University a’zo bo‘ldi. Natijada, iUNRC a’zolari soni 16 taga yetdi.

Tadbirlar

 211

Shahar agrar sektori: Oʻzbekiston delegatsiyasining Chendudagi taassurotlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov rahbarligidagi yurtimizning 13 ta oliy taʼlim muassasasi vakillaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasi qoshidagi Shahar qishloq xoʻjaligi institutiga tashrif buyurdi. Institut shahar muhitida barqaror va yuqori texnologik qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga ixtisoslashgan boʻlib, intellektual bogʻdorchilik, agrobototexnika  (yaʼni qishloq xo‘jaligida robototexnika vositalaridan foydalanish), qoʻziqorin yetishtirish, vertikal dehqonchilik hamda bioenergetika sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib boradi.

E'lonlar

 177

“Eng faol yosh ishchi kasb egasi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan Toshkent arxitektura-qurilish universiteti kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda  yoshlar o‘rtasida “Eng faol yosh ishchi kasb egasi” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.Tanlov quyidagi ikki yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazildi.“G‘isht terish – umumqurilish ishlari ustasi”“Quruq qurilish va pardozlash ishlari ustasi” Ishtirokchilar o‘z yo‘nalishlarida amaliy ko‘nikmalarini namoyish etib, kasbiy bilim va mahorat bo‘yicha bellashdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra  yo‘nalish bo‘yicha 3 ta o‘rin belgilandi va g‘oliblar  tashkilotchilar va universitet kasaba uyishmasi  tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

E'lonlar

 431

“Dolzarb 90 kun”

Prezident tashabbusi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi taʼtil davrida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Muhandislik fakulteti talabalari bilan ma’naviy-ma’rifiy tarbiya berish, ularni hayotga ongli va ijobiy yondashishga undash, shuningdek, milliy qadriyatlarimiz, odob-axloq me’yorlari haqida chuqurroq tushuncha berish maqsadida "Novda" badiiy filmi namoyish etildi. “Novda” talabalarda sabr, vijdon, oilaparvarlik, mehr-oqibat kabi tushunchalarni mustahkamlashga xizmat qildi. Shu bilan birga, u jamiyatdagi ijtimoiy masalalarni ochiq ko‘rsatgani sababli muammolarga befarq bo‘lmaslik, faol fuqarolik pozitsiyasini egallash zarurligini ham ta’kidlab o‘tdi.

E'lonlar

 1132

Qozog‘iston OTMlarida 2025/2026 o‘quv yili uchun ta’lim grantlari hujjatlarini topshirish tartibi

Qozog‘iston Respublikasi Fan va oliy ta’lim vazirligi O‘zbekiston fuqarolari uchun Qozog‘iston OTMlarida o‘qish uchun 20 ta ta’lim granti ajratadi:14 ta – bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha6 ta – magistratura mutaxassisliklari bo‘yichaGrant nimani qoplaydi: faqat o‘qish to‘lovi. Yo‘l xarajatlari va yashash –nomzod hisobidan. Talablar:Bakalavriat uchun – attestatdagi o‘rtacha baho kamida "B"Magistratura uchun – bakalavr diplomi bo‘yicha GPA kamida 3.3 (4.0 baholash tizimida)Nomzod O‘zbekiston davlat OTM talabasi yoki akademik litsey o‘quvchisi bo‘lishi kerakHujjat topshirish muddati: 2025 yil 20 iyungacha, o‘qiyotgan OTMning xalqaro hamkorlik bo‘limi orqali.ILOVA

E'lonlar

 226

Akramova Damira G‘ulomjonovnaning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 2025 yilning 19 iyun kuni, soat 10:00 da Akramova Damira G‘ulomjonovnaning  13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (hayot faoliyati xavfsizligi) ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan “Talabalarning kasbiy faoliyat xavfsizligini ta`minlashga tayyorlash metodikasini takomillashtirish (texnika oliy ta`lim muassasalari misolida)” “mavzusidagi  (PhD) dissertatsiyasining himoya majlisiga taklif etamiz.Manzil: 4-bino, 5-qavat, Faollar zali