Yangiliklar
Yangiliklar
195
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari Malayziyada amaliyot o‘tab qaytdilar
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti talabalari, Arxitektura yodgorliklari kafedrasi v.v.b. dotsenti, a.f.b.f.d. (PhD) Mustafoev Shaxboz Shuxratovich rahbarligida Malayziyaning nufuzli Malaya universitetida o‘quv-amaliy safarda bo‘lib qaytdilar.Unda Talabalar uchun Malaya universiteti talabalarining yillik ijodiy ishlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.Amaliyot jarayonida talabalar ikki guruhga bo‘linib faoliyat olib bordilar:Birinchi guruh Malayziyaning mashhur “Negara” stadionida o‘lchov ishlari bilan shug‘ullandi.Ikkinchi guruh esa Toshkentdagi “Alisher Navoiy” teatrini o‘rganish va o‘lchash ustida ishladi.Amaliyot davomida talabalarning bilim va ko‘nikmalari yanada boyidi, ular Malaya universiteti talabalari bilan hamkorlikda ishlash, tajriba almashish va yangi metodlarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.Bundan tashqari, talabalar Kuala Lumpur shahrining betakror arxitekturasi va tabiati bilan tanishdilar. Mazkur amaliyot talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy tajribasini kengaytirish hamda ularda yangi g‘oyalar va maqsadlar shakllanishiga katta hissa qo‘shdi. Dastur yakunida ishtirokchilar Malaya universiteti ma’muriyati tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
Yangiliklar
153
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida IAFES–2025 xalqaro workshopi muvaffaqiyatli yakunlandi
Mazkur anjuman davomida dunyoning 8 ta yetakchi oliy ta’lim muassasasidan tashrif buyurgan jamoalar berilgan topshiriqlarni muvaffaqiyatli himoya qilib, o‘z bilim va tajribalari bilan o‘zaro almashdilar.Workshopning yopilish marosimida ishtirokchilar o‘z milliy madaniyatlari, urf-odatlari hamda raqslarini namoyish etishdi. Bu orqali jamoalar o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik yanada mustahkamlandi.Shuningdek, tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga universitet tomonidan sertifikatlar topshirilib, ularning erishgan yutuqlari munosib e’tirof etildi. Universitet rahbariyati tomonidan mazkur xalqaro loyihani tashkillashtirishda ko‘rsatilgan keng ko‘lamli ko‘mak alohida ta’kidlandi. TAQU jamoasi kelgusida ham bunday xalqaro hamkorlik loyihalari muntazam ravishda davom etishiga ishonch bildirdi.
E'lonlar
259
Toshkent arxitektura qurulish universiteti davlat-xususiy sheriklik asosida talabalar turar joyini barpo etish loyihasi yuzasidan jamoatchilik muhokamasi e’loni
Toshkent arxitektura qurulish universiteti davlat-xususiy sheriklik asosida talabalar turar joyini barpo etish loyihasi yuzasidan jamoatchilik muhokamasi e’loni
Tadbirlar
277
"KITOBLAR OLAMIGA SAYOHAT"
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi taʼtil davrida Arxitektura fakulteti tyutorlari M.Murodova, D.lslamxadjayeva, S.Nasirovalar boshchiligida talabalar bilan "Yoshlar ijodiyot saroyi" kutubxonasida "Men sevib oʻqigan asarlarim" shiori ostida kitoblar olamiga sayohat tashkil qildilar.Unda talabalar oʻzlari sevib oʻqigan asarlari, romanlari,hikoyalaridan va asar qahramonlari haqida soʻzlab berdilar. "Kitob – bu kichik deraza, u orqali butun dunyoni ko‘rish mumkin!"
Yangiliklar
234
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Pskom suv omborini loyihalash bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Muhandislik fakulteti Geomatika muhandisligi yo‘nalishi 62-23-guruh talabasi Ochilov Bexruz tomonidan ilmiy-taqdimot tashkil etildi. Taqdimotga Gidrotexnika va geotexnika kafedrasi mudiri Toshxojayev Alisher Ulxojayevich ilmiy rahbarlik qildi.“Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Pskom suv omborini loyihalash” mavzusida hududning tabiiy-geografik xususiyatlari, suv resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlari hamda suv ombori qurilishi jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan muhandislik yechimlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.Shuningdek, talabalar gidroelektrostansiyalarning ishlash prinsiplari, aholini suv va toza energiya bilan ta’minlash imkoniyatlari haqida yangi bilimlarga ega bo‘ldilar. Muhokamalar davomida suv resurslarini boshqarishda zamonaviy yondashuvlarning ahamiyati ham alohida ta’kidlandi. Mazkur tashabbus yoshlarning muhandislik ko‘nikmalarini rivojlantirish, suv resurslarini boshqarish va energetika sohasidagi bilimlarini mustahkamlash, shuningdek, ularning amaliy tajribalarini boyitishga xizmat qilmoqda.
E'lonlar
344
2025/2026-o‘quv yilida iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo'lgan fuqarolarni kechgi ta’lim shakliga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish
2025/2026-o‘quv yilida iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni kechgi ta’lim shakliga suhbat asosida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakti bo‘yicha o‘qish istagini bildirgan abiturientlarni Toshkent arxitektura-qurilish universitetining ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishSUHBAT JARAYONI O‘TKAZISH GRAFIGI № Yoʻnalish nomi Suhbat oʻtkaziladigan sana va vaqti Auditoriya raqami 1. Arxitektura 29.08.2025 Soat 10:00 3/105 2. Qurilish muhandisligi 29.08.2025 Soat 10:00 3/105 3. Iqtisodiyot 29.08.2025 Soat 10:00 3/105
E'lonlar
972
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish istagini bildirgan abiturientlarni universitet bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish natijalari
NatijalarNatijalarNatijalarNatijalarNatijalar
Yangiliklar
217
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida kibersport musobaqasi o'tkazildi
Prezidentimizning tashabbusi bilan yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida talabalar o'rtasida kibersport bo'yicha 🏆"Rektor kubogi" musobaqasi o'tkazildi.Musobaqada universitetning turli fakultetlaridan jamoalar ishtirok etdi va natijaga ko'ra:🥇-o'rinni Menejment fakulteti jamoasi🥈-o'rinni Arxitektura fakulteti jamoasi🥉-o'rninni Muhandislik fakulteti jamoalari egallashdi Ushbu musobaqa talablar faoliyatini sport va raqamli texnologiyalar orqali yanada rivojlantirish, talabalar o'rtasida sog'lom raqobatni kuchaytirish hamda jamoaviy ruhni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
Yangiliklar
227
Toshkent Arxitektura-qurilish universitetida ikkinchi mutaxassislikka kirish uchun imtihon va suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi
2025-yil 22-avgust kuni Toshkent Arxitektura-qurilish universitetida ikkinchi mutaxassislikka kirish uchun imtihon va suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Imtihon natijalarini universitetning rasmiy veb-sayti — www.taqu.uz orqali bilib olishingiz mumkin.
