Yangiliklar
Yangiliklar
357
Universitetning iqtidorli talabalari
2024-2025 o’quv yilida “O’ZBEKGIDROENERGO” AJning nomdor stipendiyasi g’olibi bo’lgan. Toshkent arxitektura-qurilish universitetining iqtidorli talabalarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Stipendiya sohibi bo’lgan bakalavr va magistr bosqichida tahsil olayotgan talabalarga “O’ZGIDROENERGO” AJ tomonidan guvohnoma, estalik sovg’alari va guldastalar taqdim etildi. Kelgusi o’qish va ilmiy izlanishlariga ulkan zafarlar tiliab kitoblar sovg’a qilindi.
Yangiliklar
469
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari Dunyo QS reytingi bo'yicha 60-o'rinda turuvchi Malayziyaning Malaya Universiteti tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari Dunyo QS reytingi boʻyicha 60-oʻrinda turuvchi Malayziyaning Malaya Universiteti tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi. 2024-yil 8-noyabr kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetida boʻlib oʻtgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada hamda 2024-yil 11-28-noyabr kunlari Malaya Universiteti professor-oʻqituvchilar tomonidan workshoplar va darslarda tarjimonlik qilib yaqindan yordam bergan talabalar eʼtirof etildi. Mazkur sertifikat universitet rektori v.v.b. B.A.Tulaganov tomonidan oʻz egalariga topshirildi.
Tadbirlar
261
Rektor va yoshlar uchrashuvi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori v.v.b. B.A.Tulaganov Qurilish fakulteti talabalari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar prorektori S.Mardov, Akademik faoliyat boʻyicha prorektor R.Xadjayev, fakultet dekani A.Abdullayev va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Ochiq muloqot tarzida oʻtgan uchrashuvda universitetda tahsil olayotgan talabalarga sifatli taʼlim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlarni taʼkidlab oʻtildi hamda xalqaro hamkorlik, loyihalar va yangiliklar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Undan tashqari talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.
Yangiliklar
304
“Furqat nomidagi maxsus stipendiya”si g’olibi bo’lgan talabalar taqdirlandi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida barcha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda o‘zining faolligi, bilim-salohiyati bilan adibimiz Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat hayoti va ijodi haqida olib borgan ilmiy-izlanishlari uchun “Furqat nomidagi maxsus stipendiya”si g’olibi bo’lgan talabalar taqdirlandi. Stipendiya egalarga universitet rektori v.v.b. B.Tulaganov tomonidan guvohnoma va bayram guldastasi taqdim etildi.Taqdirlash marosimi tadbir kuzatuvchilari va talabalarda o’qishga bo’lgan harakat va ishtiyoqini yanada kuchaytirdi.
Yangiliklar
276
Yil talabasi respublika ko'rik-tanlovi g'oliblari taqdirlandi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida yil davomida barcha talabalar orasida o’zining tashabbusi, izlanuvchanligi, ilg’orligi va faolligi bilan “Yil talabasi “ nominatsiyasiga sazovor bo’lgan talabalar taqdirlandi.“Yilning eng faol targ’ibotchi talabasi”“Yiling o’z mutaxasisligi bo’yicha eng bilimdon talabasi”“Yiling eng faol tadbirkor talabasi”nominatsiyalari bo’yicha g’olib bo’lgan talabalarga universitet rektori v.v.b. B.Tulaganov tomonidan Faxriy yorlig’i va guldastalar taqdim etildi.
Yangiliklar
313
Oliy ta'limdan keyingi ta'limga imtihonlarsiz o'qishga qabul qilish tartibi joriy qilinmoqda
Bunda, talabgorning Yagona elektron tizimdagi shaxsiy kabinetida toʻplanadigan maʼlumotlari oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga kiruvchi talabgorlarga qoʻyiladigan talablarga muvofiq shakllanadi va oʻzlashtirgan fanlari, xorijiy tillarni bilish darajasi, faoliyat natijalari ballari bo‘yicha hisoblanadi.
Tadbirlar
249
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida so'z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Babur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan tadbir o'tkazildi
Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar prorektori S.Mardov soʻzga chiqib, Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. Chunki u oʻzini “Xitoydan to Xuroson” gacha yoyilgan turkiy “qavm” (el, urug’)larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirdi, “yakqalam” qildi. Bu bilan millatning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy ravnaqiga katta ta’sir koʻrsatdi-deya ta'kidlab oʻtdi. Tadbir mehmoni sifatida A.Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi bosh xazinaboni A.Q.Eshonboboyev hamda "O'zbek tili adabiyoti" kafedrasi dotsenti N.Alimova ishtirok etdilar. Menejment fakulteti va Qurilish fakulteti talabalari tomonidan gʻazal hamda ruboiylar, sahna koʻrinishlari ijro etildi.
Tadbirlar
310
Milliy qadriyatlar-millat ma'naviyatining ko'zgusi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Milliy qadriyatlar haftaligi doirasida "Milliy qadriyatlar-millat maʼnaviyatining koʻzgusi" mavzusida tadbir oʻtkazildi.
Tadbirlar
286
Chempion bilan uchrashuv
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Ogʻir atletika sport turi boʻyicha jahon hamda olimpiyada chempioni Ruslan Nuriddinov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar prorektori S.Mardov, Muhandislik fakulteti "Qurilish materiallari va konstruksiyalari texnologiyasi" kafedrasi dots Sh.Komilov, N.Bobokulova, professor-oʻqituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuv ochiq muloqot tarzida bo'lib, qizig'in savol javoblar tadbirni yanada ko'tarinki kayfiyatga olib chiqdi. Tadbir davomida Ruslan Nuriddinov universitetimizda tahsil olayotgan sport sohasida ham yutuqlarga erishib kelayotgan talabalarga omad tiladi va o'z tavsiyalarini berdi.