Yangiliklar
E'lonlar
259
“Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” mavzusida 1 oylik malaka oshirish kursi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida oliy taʼlim muassasalari rahbar kadrlari va professor-oʻqituvchilari uchun shartnoma asosida “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” mavzusida navbatdagi 1 oylik (144 soat) malaka oshirish kursini tashkil etish rejalashtirilgan.Mazkur kursning 72 soati 2025-yil 8-sentyabrdan 20-sentyabrgacha Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida hamda qolgan 72 soati 22-sentyabrdan 2-oktyabrgacha Finlyandiya va Shvetsiya davlatlarining nufuzli oliy taʼlim muassasalarida tashkil etiladi.Malaka oshirish kursi yakunida tinglovchilarga davlat namunasidagi malaka attestati, xorijiy malaka oshirganlik sertifikati hamda xorijiy universitetda dars mashgʻuloti olib borganligi haqida maʼlumotnoma beriladi. Ushbu kurslarda ishtirok etish istagini bildirgan rahbar va professor-oʻqituvchilar maʼlumotlarini joriy yilning 26-iyul kuniga qadar ilovadagi namuna asosida Xalqaro Nordik universitetiga (niu_edu@exat.uz yoki https://t.me/yuldashev0121) tasdiqlangan variantda taqdim etishi soʻraladi.
Tadbirlar
165
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Kibersport" onlayn musobaqasi o'tkazildi
Prezidentimizning tashabbusi bilan yoshlar bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Rektor kubogi" "Kibersport" onlayn musobaqasi o'tkazildi.Musobaqa davomida talabalarning kibersportga bo‘lgan qiziqishi va iste’dodlari namoyon bo‘ldi. Rektor kubogi uchun o‘tkazilgan bu musobaqa, shuningdek, yoshlar orasida jamoaviy ruhni oshirish, raqobatni rivojlantirish va kibersportni ommalashtirishga xizmat qiladi. O'yin davomida qatnashchilar o‘rtasida kuchli raqobat bo‘ldi, har bir jamoa o‘zining eng yaxshi natijalarini ko‘rsatishga intildi. Tanlov natijalariga ko'ra Menejment fakultetining "Nintendo" jamoasi g'olib bo'ldi.
E'lonlar
331
TAQU da davlat stipendiyalari tanlovining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiyalari tanlovining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi.Sinovlar quyidagi jadval asosida o‘tkaziladi:➡️ O‘zbekiston tarixi🗓2025-yil 24-iyul⏰ Soat 11:00📍 4-bino, ARM kompyuterlar zali➡️Test va og‘zaki shaklida ➡️Chet tili🗓 2025-yil 25-iyul📎 Soat 11:00📍 4-bino, ARM kompyuterlar zali➡️ Test va og‘zaki shaklidaTanlovda ishtirok etuvchi barcha nomzodlarga omad tilaymiz!Batafsil ma’lumotlar:Baholash mezonlariIlovalari Stipendiya buyrug‘i
Tadbirlar
189
Toshkent arxitektura qurulish universitetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida psixologik seminar o'tkazildi
Prezidentimizning tashabbusi bilan yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida universitet psixologi Toshkent arxitektura-qurulish universitet psixologi tomonidan “Talaba qizlarni oilaviy hayotga va turmushga psixologik tayyorlash” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.Unda psixolog M.Obidova va Qurulish fakulteti talaba-qizlari ishtirok etdi.Trening davomida qizlarga oilaviy hayotga psixologik tayyorlash, ularni nikoh oldi omillari, nikohga yetuklik bosqichlari to‘g‘risida psixologik tushunchalar berildi. Jamiyatimizda xotin-qizlarning huquq va erkinliklari, qizlarning or-nomusi va qadr-qimmatlarini oshirishlari, o‘z erkinliklarini daxlsizligini ta’minlashlariga erishishlari tushuntirildi. Treningda talaba qizlar bilan turli xil psixologik texnikalar va mashqlar bajarildi. Tashkil etilgan seminar-trening talaba qizlar uchun foydali va mazmunli bo‘lib o‘tdi.
Yangiliklar
297
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektorining tashrifi bo‘lib o‘tdi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovnaning tashrifi bo‘lib o‘tdi.Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy va ta’limiy loyihalar doirasida tajriba almashish, professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlar o‘rtasida ko‘p tomonlama aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.Shuningdek, tomonlar universitetlar faoliyatini integratsiyalash, madaniy-ma’rifiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish, va xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirish borasida yangi taklif va tashabbuslarni ilgari surishdi. Mazkur uchrashuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi do‘stona aloqalarning mustahkamlanishiga va kreativ g‘oyalar almashinuviga zamin yaratdi.
Tadbirlar
238
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida sport musobaqalari davom etmoqda
Prezidentimizning tashabbusi bilan yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalar o'rtasida sportning voleybol va stol tennis turi bo'yicha musobaqalar o'tkazildi.Qizg'in va murosasiz o'tgan voleybol o’yinida 23-22BIQo’ va 25-22Ngo’ guruh talabalari faol ishtirok etishdi. O'yinga universitetning jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi G’ayrat Yorqulov hakamlik qildi. Musobaqaning asosiy maqsadi yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb qilish, jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda yoshlar o‘rtasida do‘stlik va jamoaviy ruhni mustahkamlash.
Tadbirlar
226
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasidagi to'garaklar davom etmoqda
Prezidentimizning tashabbusi bilan yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Qurilishda axborot texnologiyalari” kafedrasi tomonidan “3D modellashtirish” to'garaki o'tilmoqda.To'garak mashg'ulotlari dotsent M.Azimjonova tomonidan olib borilmoqda. Mashg'ulotlar davomida talabalarga 3D modellashtirish dasturlari asoslari, texnologik jarayonlar, amaliy loyihalar ustida ishlash tushuntirildi. Mazkur to'garakning tashkil etilishi talabalar orasida axborot texnologiyalari sohasiga qiziqishni oshirdi hamda ularning kasbiy ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
Tadbirlar
204
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida seminar trening o'tkazildi
Prezidentimizning tashabbusi bilan yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Xitoylik mutaxassislar tomonidan "Baland binolarni loyihalash" mavzusida seminar trening o'tkazildi.Seminar talabalar tomonidan yuqori qiziqish bilan qabul qilindi. Seminarning asosiy maqsadi baland binolarni loyihalash sohasidagi zamonaviy texnologiyalar, ilg'or tajribalar va innovatsion yondashuvlarni o‘rganish, va amaliy bilimlarni oshirish. Mutaxassislar baland binolarning struktura tuzilishi, xavfsizlik qoidalari, dizayn va qurilish materiallari bo‘yicha batafsil ma’ruzalar taqdim etdilar. Bu esa talabalar va yosh mutaxassislarning malakasini oshirishga xizmat qildi.
E'lonlar
175
Suvda cho‘kish holatlari oldini olish – har birimizning burchimiz!
Yozgi ta'til kunlarida ommaviy ravishda suv havzalariga borish holatlari ortib bormoqda. Shuni unutmang: ruxsat etilmagan va tartibga solinmagan joylarda cho‘milish hayotingiz uchun xavf tug‘diradi!Suvda cho‘kish xavfini kamaytirish uchun quyidagilarga amal qiling: Faqat belgilangan, qutqaruv xizmatlari bor bo‘lgan joylarda cho‘miling Kichik yoshdagi bolalarni qarovsiz qoldirmang Suvga to‘yib ovqatlangandan so‘ng darhol tushmang Mast holatda suvga tushmang Suv havzalariga sakrash, chuqur joylarga suzishdan saqlaning Cho‘milayotgan odam cho‘ka boshlasa, uni qutqarishga faqat suzishni va yordam chaqirishni bilsangiz kirishingRuxsat etilmagan joylarda cho‘milish nafaqat xavfli, balki qonunga zid hisoblanadi! Suv – do‘stingiz bo‘lishi mumkin, lekin unga nisbatan mas’uliyatli va ehtiyotkor bo‘ling!
